Matjonov bayram

Matjonov bayram (1940.29.4, Qo’ng’irot) — qoraqalpoq xonandasi (li- rik bariton) va rej. Qoraqalpog’iston (1974), Boshqirdiston (1978), O’zbekiston (1982) xalq artisti. Toshkent teatr va ras- somlik san’ati in-tini tugatgan (1963). Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yak- kaxon xonanda (1963-66), Qoraqalpoq tele-studiyasida rej. (1966 y.dan), bosh rej. (1967-69), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi (1971-77 va 1981 y.dan), Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatri Di- rektori (1978-80). Yoqimli, keng diapa- zonli, lirik ovoz sohibi. Ijro uslubi yuksak madaniyati, o’ziga xos milliyligi, ijrosidagi falsafiy mazmuni, mahorat kuchi b-n ajralib turadi. Repertuaridan qoraqalpoq musiqali drama («Oygul va Obod», O. Halimov; «G’arib Oshiq», A. Begimov, T. Ollanazarov, O. Halimov va b.) va opera («Ajiniyoz», N. Muxammad- dinov) lardan ariyalar, milliy kompozi- torlar asarlari («go’dak haqida balla- da», «mening yigitlik paytim, sening qiz payting», «Yoshlik haqida ballada», «Bo’lmas», N. Muxammaddinov; «Ulkam- ga keling», «Yulduzlar», X. Turdiqulov; «Men dehqon farzandiman», N. Musaev va b.) o’rin olgan. Hamza nomidagi Uzbe- kiston Davlat mukofoti laureati (1974, 1988).