ZALTIKAT

ZALTIKAT — Toshkent viloyatining Zangiota qishlog’i o’rnida bo’lgan qadimgi shahar xarobasi (6—15 asrlar). Zaltikat Binkatdan Samarqandga boradigan savdo yo’lidagi dastlabki yirik markaz bo’lgan (Istaxriy). Zaltikat katta tepa (220×400 metr kvadrat) va uning Janubi-sharqida joylashgan ikki kichik tepadan tashkil topgan. Katta tepaning shimoli-Sharqiy burchagida Ark (200 metr kvadrat) joylashgan. Uning qalin devori (1,5 metr) xom g’ishtdan (40x40x10x14 kub santimetr) ishlangan bo’lib, 5 metrgacha balandlikda sakdangan. Turar joy qoldiqlari, spool idishlari, taqinchoqlar topilgan.