ZALKALN
ZALKALN, Zalkalns Teodor [1876.18 (30).11, hozirgi Latviyaning Riga tumani — 1972.6.12, Riga] — latish haykaltaroshi, Xalq rassomi (1957), BAning haqiqiy a’zosi (1947), mehnat Qahramoni (1971). Peterburg (189399), Parij (18991901, O. Roden ustaxonasi) da tahsil ko’rgan. 1920 yildan Rigada yashagan. Latviya Bada haykaltaroshlik kafedrasi mudiri (professor, 1944-58). Zalkaln asarlari umumlashma shakli, tektonikasining qat’iyligi bilan ajralib turadi. Portretlar («A. Kirxenshteyn», gips, 1946; «F. Blumbax», terrakota, 1956 va boshqalar), qabr toshlar («Ya. Poruk», granit, 1930; «O. Lasis», granit, 1945 va boshqalar), haykallar («R. Blaumanis», granit, 1929; «A. Kronvald», bronza, 1938 va boshqalar), animalistika asarlari, medallar yaratgan.