Kadrlar
Kadrlar (Frans. cadre — shaxsiy tarkib) — 1) korxona, muassasa, firma, hissadorlik jamiyatlari, banklar, kasa- ba uyushmalari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi. O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng K. tayyorlash O’zbekiston Respublika- si Oliy Majlisi tomonidan 1997 y. 29 avg.da qabul qilingan Kadrlar tay- yorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilib, bir butun uzluksiz tizimda olib boriladi. Shaxsning kadr sifati- da shakllanish bosqichiga tayyorgarlik umumiy o’rta ta’lim maktablari, aka- demik liseylarda amalga oshiriladi. K.ning asosiy kontingenti kasb-hunar kolleji, bakalavriat va magistratu- ra orqali tayyorlanadi. Yuqori ilmiy salohiyatli, malakali K. ni tayyorlash aspirantura, ordinatura, ad’yunktu- ra, doktoranturada amalga oshiriladi. Mamlakatda yuqori malakali K.lar tay- yorlashga alohida e’tibor qaratilmoqsa. Shu maqsadda yangi o’quv dargohlari Ochil- Di, talabalarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda kasb egallashlariga keng yo’l ochib berildi. O’zbekiston Respubli- kasi Prezidenti I. A. Karimov birinchi chaqiriq O’zR Oliy Majlisining 9-ses- siyasi (1997)da umumlashtirilgan holda K. tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishning asosiy tamoyil- lari quyidagi vazifalarni o’z ichiga oli- shini ta’kidladi: barcha xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun uzluksiz ta’lim, fan va i.ch. salohiyatidan samara- li foydalanish; davlat ta’lim standart- larini joriy etish va ularning faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish; ixtisosliklar, malaka darajasiga ko’ra, mutaxassislarga bo’lgan umumdavlat va mintaqaviy talablarning istiqbolini aniqlash; ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o’qituvchilarni va murabbiylarni qayta tayyorlash; davlat va ijtimoiy muassa- salarning kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini e’tiborga olish zarur, toki bir shaxs o’ziga mos kasbni egallay olsin; K. tayyorlash tizimi iste’molchi- lari — korxonalar, muassasalar, firma- lar, hissadorlik jamiyatlari, banklar va b. tuzilmalarning imkoniyatlaridan, bi- rinchi navbatda, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy o’quv yurtlarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash uchun mumkin qadar kengroq foydalanish; K. tayyorlash va ta’lim sohasiga chet el sar- moyalari, xalqaro donorlik tashkilotla- ri va jamg’armalarining mablag’larini jalb etish; qonun doirasida o’quv reja- lari, dasturlari va o’qitish yo’riqlari, ta’limiy xizmatlarni belgilashda ta’- lim muassasalariga, birinchi navbat- da, oliy o’quv yurtlariga mustaqillik berish va o’zini o’zi boshqarish usulla- rini joriy etish. Yuqori malakali, za- monaviy bilimlarga ega bo’lgan, hoz. kun talablari asosida fikrlay oladi- gan etuk K.ni tayyorlash — ham ijtimo- iy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolar- ni hal etishning kaliti hisoblanadi. 2002 y. O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim maktablarini 603193 (shular- dan 35663 tasi 11-sinfni), akademik liseylarni 4349, kasb-hunar kollej- larini 24368, bakalavriatni 27742, magistraturani 1828 nafar o’quvchi yosh- lar bitirib chikdi. 1999 y.da aspiran- turada 3,9 ming, doktoranturada 340 kishi tahsil oldi. O’zbekistonda K. ma’lum muddatlarda maxsus kurslar- da o’z malakalarini oshirib boradilar. Buning uchun barcha sohalardan mala- ka oshirish in-tlari, f-tlari, kurslar tashkil etilgan. 1999 y. O’zbekistonda 308,3 ming kishi i.ch.da yangi kasb o’rgangan va malakasini oshirgan hamda boshqa o’qish turlariga jalb qilingan. 2) Qurolli kuchlarda — haqiqiy xizmat- dagi komandirlar va oddiy askarlar tar- kibi.