Keniya

Keniya (Kenya), Keniya Respublika- si (Republic of Kenya) — Sharqiy Af- Rikadagi davlat. Mayd. 582,6 ming km2. Axrlisi 30,7 mln. kishi (2001). Poytax- ti — Nayrobi sh. Ma’muriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga bo’linadi. Davlat tuzumi. K. — Respubli- ka. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlikka kiradi. Amaldagi Konsti- tusiyasi 1969 y.da qabul kilingan, key- inchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident (1978 y.dan Dani- el Arap Moi). U umumiy to’g’ri ovoz be- rish yo’li b-n 5 y.ga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va millat maj- lisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vise-prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. K. Sharqiy Afrika yassitog’ligi (sharkda bal. 500 m va g’arbda bal. 1500 m) shim.-Sharqiy chekkasida joy-lashgan. Hind okeani sohili uzilma tog’lardan iborat, tik va kam parchalangan. Jan.dan shim.ga tomon kengayib (50-200 km) boradigan tekislik bor. Unga tutash botiqning atrofi tog’tizmalari (sharkda Aberder, bal. 400 m gacha, g’arbda May va Elgeyo, bal. 3000 m gacha) va so’ngan vul- kanlar (Keniya tog’i, 5199 m — K.dagi eng baland cho’qqi), Viktoriya ko’li bo’ylari kambar tekislik b-n o’ralgan. Trona, ol- tin, kianit, diatomit, oxaktosh, grafit, polimetall ruda konlari topilgan. K. ekvator iqlim mintaqasidajoylashgan. Sohilda harorat issiq (iyulda o’rtacha t-ra 24-25°, yanv.da 27°), yassitog’likda salqinroq. Yillik yog’in miqdori shim.-sharkda 250 mm dan Jan.-g’arbda 1500-2000 mm gacha. Ekvator yaqinida seryomg’ir mavsum: mart—apr. va noyab.— dek. Daryolari kam suvli, qisqa, ayrim- laridagina kema qatnaydi. Yiriklari: Tana, Galana. Oqmas ko’l ko’p (eng katta- si — Rudolf). Mamlakatning sharqi va shim.-sharqi jigarrang-qizil laterit- lashgan, Toshloq, kamhosil, aksar sho’r tuproqli. Shim.-g’arbi va Jan.-sharqi qizil-qo’ng’ir, Viktoriya ko’li bo’ylari o’tloqi qizil-qo’ng’ir, Hind okeani sohili qora va bo’z tuproqli. K. shim.da tikanli o’rmonlar va butazorlar, cho’lga aylanayozgan savannalar, g’arbida bo’ydor o’tli savannalar, tog’etaklarida sernam tropik o’rmonlar, tog’larda o’tloqlar bor. Yovvoyi hayvonlardan fil, karkidon, Ze-bra, buyvol, jirafa, Arslon, maymunlar, daryolarda timsoh, begemotlar uchraydi. K.da qo’riqxona va milliy bog’lar (Tsavo, Sibilon, Maun-Keniya, Meru, Aberder va b.) ko’p. Aholisining 66% ni Benue-Kongo til- larida so’zlashuvchi xalqlar tashkil eta- Di. Ularning yiriklari: kikuyyu, luxya, kamba, kisii, meru va b. K.da hindlar, evropaliklar, arablar va b. xam yashay- Di. Rasmiy tillar — suaxili va ingliz tillari; aholining 1/2 qismi mahalliy dinlarga e’tiqod qiladi, qolganlari xristianlar, musulmonlar va b. Jami aholining 25,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Nayrobi, Mombasa, Nakuru, Kisumu. Tarixi. K. hududida ilk paleolit davrida manzilgohlar bo’lgani ma’lum. Ayrim tadqiqotchilar dastlabki odamzot shu erda paydo bo’lgan, deb hisoblaydilar. Hoz. aholisining ko’pchiligi 14-19-a.larda Afrikaning turli joylaridan kelgan bantu va nilot qabilalaridan tarqalgan. Mil. AV 5-6- a.larda K.ga yunon, Misr, Xitoy, Arab dengiz sayyohlari va savdogarlar kelib ketib turgan. 7-8-a.larda qishloqlar, 11 — 15-a.larda shahar-davlatlar pay- do bo’ldi. 16-a.da portugallar K.ning Sharqiy qismini bosib oldi. 18-a.da bir necha Arab sultonliklari vujudga keldi va qul savdosi rivojlandi. Buyuk Britaniya qul savdosiga qarshi kurash bahonasi b-n K.ga suqilib kela boshla- Di. 19-a. oxirida K. Buyuk Britaniya qo’l ostiga o’tdi. Mustamlakachilar mahalliy aholidan unumdor erlarni tortib oldi. Afrikaliklar maxsus ajratilgan joy- larda yashashga majbur etildi, irqiy kam- sitildi. 1920 y.da K. Buyuk Britaniya mu- stamlakasi deb e’lon qilindi. Shundan keyin mustamlakachilikka qarshi harakat qiluvchi siyosiy tashkilotlar (kikuyu tashkiloti va b.) tuzilib, ular majbu- riy mehnat bekor qilinishi, soliqlar qisqartirilishini, maorif tizimi yaxshilanishi va tortib olingan erlar qaytarib berilishini talab qildi. 2-jahon urushi davrida K. oziq-ovqat va q.x. xom ashyosi etkazib beruvchi manbaga aylantirildi, keniyalik askarlar Buyuk Britaniya mustamlaka qo’shinlari safi- da yaqin Sharq va birma (hoz. Myanma) dagi urushda qatnashdilar. 40-y.lar oxi- rida ozodlik harakati yanada kuchaydi. 1952 y.da qurolli qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olon 4 y. davom etdi. Mustamlaka- chilar qo’zg’olonni bostirib, vatanpar- varlardan 11 ming kishini o’ldirdi, 100 mingga yaqin kishini qamoqqa oldi. 1960 y. tuzilgan K. afrikaliklar milliy Ittifoqi (Kanu) K. mustaqilligini talab qildi. 1961 y. Krnun chiqaruvchi kengashga o’tkazilgan saylovda Kanu 67% ovoz oldi. 1963 y. mayda yangi Millat Majlisiga o’tkazilgan saylov- da ham Kanu g’olib chiqib, J. Keniata boshchiligida birinchi milliy hukumat tuzildi. 1963 y. 12 dek.da K. mustaqil davlat, 1964 y. 12 dek.da esa respublika deb e’lon qilindi K. — 1966 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 12 dek. — Mustaqillik kuni (1963). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Demokratik partiya, 1992 y.da tuzil- gan; K. afrikaliklar milliy Ittifoqi (Kanu), 1960 y.da asos solingan; mil- liy rivojlanish partiyasi, 1994 y.da tuzilgan; sosial-demokratik partiya, 1992 y.da asos solingan; Ford-asili va Ford-K. partiyalari, 1992 y. okt.da tu- zilgan. K. kasaba uyushmalari Markaziy tashkiloti, 1965 y. da tuzilgan. Xo’jaligi. K. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, o’rmon xo’jaligi va baliqchilikning ulushi — 24%, sanoatning ulushi — 10%gayaqin. Iktisodiyotining asosi – q.h., uning mahsuloti mamlakat eksportining ¾ qismini tashkil etadi. K. mustaqillikka erishgach, yalpi ichki mahsulot tarkibida q.x.ning ulushi tobora pasayib, sanoat va savdoning ulushi oshib, natural i.ch. ulushi kamaydi. Qishloq xo’jaligida aholining 70% band. Asosiy ekinlari — kofe, choy, sizal, piretrum, paxta, sholi, bug’doy, shakarqamish; ichki ehtiyojlar uchun makkajo’xori, maniok, tariq, jo’xori, arpa etishtiriladi. Sut chorvachiligi, parrandachilik, cho’chqachilik rivojlan- gan. Qoramol, qo’y, echki boqiladi. Baliq ovlanadi va yog’och tayyorlanadi. Sanoati, asosan, q.x. xom ashyo- sini qayta ishlovchi korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalaridan ibo- rat. Oziq-ovqat, to’qimachilik, avtomo- bil yig’uv, ko’nchilik, kimyo, neftni qayta ishlash, taxta tilish va metallsoz- lik, qogoz sanoati korxonalari, tsement z-dlari ham bor. Konchilik sanoatida flyuorit, tabiiy soda, diatomit, Kao- Lin, gips, kianit, asbest, osh tuzi qazib chiqarish ustun. Birmuncha miqdorda mis, qo’rg’oshin, kumush qazib olinadi. Yirik sanoat markazlari: Nayrobi, Mombasa, Kisumu, Nakuru, Tika, Eldo- ret sh. Energetika soxasida gidroelektr st-yalariningsalmog’i katta. Tana Daryo- si bo’yida gitaru, Kamburu, Kindaruma GESlari qurilgan. Yiliga o’rtacha 3,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Transporti. 3 ming km t. y., 62 ming km avtomobil yo’li bor (shundan 4,5 ming km asfaltlangan). Asosiy dengiz porti — Mombasa. Nayrobi va Mombasa- da xalqaro aeroportlar bor. K. chetga kofe, choy, neft mahsulotlari, tamaki, piretrum, si- zal, meva va sabzavot, kaltsinirlangan soda, go’sht, teri, tsement va h.k. chiqaradi. Chetdan sanoat va transport uskunalari, oziq-ovqat va kimyo mahsulotlari, qora va rangli metall, neft, dori-darmon va h.k. oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlar — Buyuk Britaniya, Gemaniya, AQSh, Yaponiya, Niderlan-diya. Tashqi sayyohlik rivojlangan. Pul birligi — Keniya shillingi. Tibbiy xizmat. Sog’liqni saqlash tizimiga davlat rahbarlik qiladi. Yuqumli kasalliklar (bezgak, ichburug’, yuqumli gepatit, ich terlama va b.) keng tarqalgan. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar Nayrobi un-tida, o’rta ma- lakali tibbiy xodimlar tibbiy tayyor- garlik markazi va tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasalari. K.da boshlang’ich maktab 7 y.lik va bepul. Bolalar 6 yosh- dan ingliz tilida o’qitiladi. 4-sinfdan boshlab suaxili tili.o’rgatiladi. O’rta maktab 6 y.lik. Mamlakatda 16 ming boshlang’ich, 2,5 ming o’rta maktab bor. . Ilk hunar-texnika ta’limi boshlang’ich maktab negizida 2-6 y.lik savdo, ti- jorat, hunarmandchilik, q.x., o’rmon va veterinariya hunar bilim yurtlari va maktablarida, shuningdek, korxonalarda amalga oshiriladi. O’rta texnika ta’li- mi kichik o’rta maktab negizida kollej- larda tashkil etilgan. Oliy o’quv yurtla- ri: Nayrobidagi Milliy un-t, Egerton un-ti, Nayrobidagi un-t kolleji. Yirik kutubxonalari: Milliy un-t kutubxona- si, Nayrobidagi yodgorlik kutubxonasi, un-t kolleji kutubxonasi, Mombasadagi ommaviy kutubxona; muzeylari: Nayro- bidagi K. milliy muzeyi, Kitale sh.dagi G’arbiy K. milliy muzeyi, Mombasadagi muzey va b. K.da 20 ga yaqin ilmiy muassasa, jumladan, Nayrobida K. industrial tadqiqot in-ti, Milliy q.x. lab., Tib- biyot tadqiqotlari lab., Sil kasalli- klari tadqiqot markazi, q.x. tadqiqot markazi, tibbiy tadqiqot in-ti, Sharqiy Afrika in-ti, Afrika tarixi- ni o’rganuvchi xalqaro in-t, Nyanza vilo- yatida paxta tadqiqoti st-yasi, ru-iruda kofe tadqiqoti markazi, Kerichoda choy tadqiqoti inti va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da 60 ga yaqin gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muximlari: «Deyli neyshn» («millatning kundalik gazetasi», ingliz tilida, 1960 y.dan), «Keniya Leo» («bugungi Keniya», suaxi- li tilidagi kundalik gaz., 1983 y.dan), «Keniya tayme» («Keniya vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1982 y.dan), «Pipl Deyli» («Xalq kundalik gazeta- si», ingliz tilida, 1998 y.dan), «Stan- dard» («bayroq», ingliz tilidagi gaz., 1902 y.dan), «taifa Leo» («hozirgi mil- lat», suaxili tilidagi kundalik gaz., 1960 y.dan), «Dram» («do’mbira», ingliz tilidagi oylik jur., 1956 y.dan), «tar- get» («maqsad», ingliz tilidagi jur., 1964 y.dan).’K. axborot agentligi (KNA) 1963 y. dek.da tashkil etilgan. K. radio- eshittirish korporasiyasi 1989 y.da tu- zilgan. Radioeshittirishlar 1927 y.dan, teleko’rsatuvlar 1962 y.dan olib borila- Di. Adabiyoti asosan, ingliz tilida, shu- ningdek, kikuyyu, masai, suaxili va b. mahalliy tillarda folklor negizida rivojlanib kelayotir. Umuman K.da yozma adabiyot 17-a.da suaxili tilida yuzaga keldi. Unda qahramonlik, diniy va b. mavzudagi dostonlar muhim o’rin tu- tadi. Etnograf olim, milliy-ozodlik harakatining rahbari J. Keniata xalq afsonalari, ertaklari, rivoyatlarini qayta ishlab e’lon qildi. O’zi ham «Ke- niya tog’iga qarab» (1936) va «mening xalqim — kikuyyu» (1942) kitoblarini yozib nashr ettirdi. 19— 20-a.larda ham, asosan, nazm rivojlandi. Nasriy asar- lar 50-y.lar oxirida yuzaga kela bosh- ladi. M. Gikaruning «Quyosh o’lkasi», V. Itotening «General May May», J. Kari- ukaning «May May hibsda», M. Gateru- ning «ikki olam farzandi» qissalarida inglizlarning K.ni mustamlakaga ay- lantirishi va demokratik kuchlarning ozodlik uchun kurashi ko’rsatilgan. J. Ngugining ingliz tilidagi romanlari («Yig’lama, bo’tam», «oramizdagi Daryo») va «qora darvish» pesasi e’lon ki- lingan. Keyingi yillarda B.O.Vandera, E.Xinga, M.Alot, M.Mvangi, A.Kadambe, D.Karoka, L.Kibera, M.Ruxena kabi yosh yozuvchilar adabiyot maydoniga o’z ovozla- ri va yangi mavzular b-n kirib keldilar. Ngugi va Txiongoning «qonli yapro- klar» va «Sanamdagi iblis» romanlari ayniqsa diqqatga sazovor. Me’morligi va tasviriy san’ati. K. hududida ilk o’rta aerlarga oid mahalliy madaniyat yodgorliklari: doyra tosh de- vorlar, sag’ana ehromlari, arikdarning qoldiqlari saqlangan. Dengiz sohilida Gedi, Malindi, Ungvana, Mnarani, Takva, Mombasa kabi shaharlar paydo bo’lgan. 14— 15-a.larda Arab me’morli- gi uslubida mudofaa istehkomlari, mas- jidlar, bozorlar barpo etilgan. 16-a.da portug’allar me’morligiga xos uslubda qurilgan qasr va Vasko da Gama tosh ko- lonnasi saqlangan. 20-a.dan shaharlar ingliz va nemis me’morlari loyiqasi asosida temir-beton konstruktsiyalar va yangi qurilish metallaridan foydalanib qurila boshladi. Binolarda lentasi- mon deraza, peshayvon, oftob to’sqichlar, rangli sopol plitalar keng qo’llanilgan (mas, Milliy teatr, texnika kolleji va b.). Kishlok,larda doyra qilib loy b-n suvalgan, usti xashak b-n yopilgan sinchli uylar ko’proq uchraydi. Keyingi yillar- da qurilgan inshootlardan Mombasadagi «Okeanik» mehmonxonasi, Nayrobidagi gospital, ko’p qirrali 26 qavatli mi- norasi va aylanuvchan restorani bo’lgan Keniata majlislar zalini ko’rsatish mumkin. Badiiy hunarmandchilikda yog’ochni o’yib va kuydirib naqsh solish, maro- sim raqslari uchun teridan niqob, mis va jezdan zeb-ziynat buyumlari, loy va qovoqsan idishlar, yog’och qo’g’irchoqlar, sopoldan jonivorlar haykalchalarini yasash, poxoldan savat to’qish keng avj ol- gan. Musiqasi. K. musiqiy madaniya- ti mamlakatda yashovchi turli elatlar musiqasini o’z ichiga oladi. Shu tufay- li ohanglar, uslublar, cholg’u asbobla- ri ham xilma-xil. Xalq udumlari va ma-rosimlarida ashula, raqs va musiqa bo’lishi shart. Cholg’u asoboblari orasi- da turli-tuman nog’ora, doyra va surnay- ni eslatuvchi asboblar, o’ziga xos Arfa, litungu, nay va b. bor. Ko’pincha xonan- daning o’zi Arfa chalib ashula aytadi va badihachilik usulida qo’shiq to’qiydi. 20- a. oxirida evropacha musiqaning ta’si- ri kuchaydi. K. mustaqillikka erishgach, havaskorlik ijodiyoti ayniqsa rivoj topdi, musiqa tashkilotlari tuzildi. Sharqiy Afrika konservatoriyasi, nay- Robi musiqa jamiyati, «bomas» ashula va raqs guruhi, radio va televideniening cholg’u asboblari orkestri musiqa mada- niyatini rivojlantirishda, milliy kad- rlar tayyorlashda katta rol o’ynay bosh- ladi. Teatri. Tub aholi tomoshalarida raqs san’ati qadimdan rivojlangan. 20-a. boshlarida K.da ingliz havaskor teatri truppalari vujudga keldi. 1948 y.dan Nayrobida ingliz professional teatri, 1952 y.dan Milliy teatr ishlaydi. K. mustaqillikka erishgach, Afrika va hind teatrlari paydo bo’ldi. Teatrni xalq ommasiga yaqinlashtirishga intilgan J. Mpaxlele «Chemchemi» («Chashma») trup- pasini tuzib, unga rahbarlik qildi va bir qancha pesalarni muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. «Tausi» drama klubi (1963) mahalliy mualliflarning mai- shiy mavzudagi pesalarini qo’yish b-n Shuhrat qozondi. Milliy teatrning ke- niyaliklardan birinchi direktori — set Adagala rahbarligida drama maktabi ochildi. Uning talabalari ishtirokida tashkil etilgan Milliy teatr truppasi mamlakat bo’ylab tomosha ko’rsatib yura- Di.