Ko’l

Ko’l — chuqur joylarda to’plangan ta- biiy suv havzasi. Erning barcha iqdim va landshaft zonalari — issiq, mo»tadil va sovuq, ko’p yog’inli yoki qurg’oqchil r-nlarida mavjud. Ko’pchilik K.lar den- gizga muayyan Daryo orqali o’tib tushadi. Qurg’oqchil joylarda oqmas K. ham ko’p. Eng katta oqmas K.lar — Kaspiy den- gizi va Orol dengizidkr. K. o’rnining paydo bo’lishiga qarab bir necha turga bo’linadi. Erning ichki kuchlari ta’si- rida paydo bo’lgan tektonik K. katta va chuqur bo’ladi (Kaspiy, yuqori ko’l, Vik- toriya, Orol dengizi, Guron, Michigan, Tanganika, Nyasa, Baykal, Issiqko’l). Zilzila natijasida Daryo o’zaniga tog’yon bag’irlarining qulab tushishidan yuza- ga kelgan qulama (to’g’onli) K. (Pomir- dagi Sarez ko’li, Yashilko’l, Zarafshon, havzasidagi Iskandarko’l, Ozarbay- jondagi Go’kko’l va b.) ham tektonik K. hisoblanadi; vul k a n i k K. sungan vul- kanlar kraterida, lana qoplamalarining chuqur, pastqam joylarida hosil bo’ladi; gid roge n K. Daryo, dengiz va er osti suv- lari faoliyati natijasida vujudga ke- ladi. Gidrogen K. Daryo kayirlarining pastqam joylarida hosil bo’lgan qayir K., qoldiq o’zan o’rnidagi K., deltaning pastqam joylarida vujudga kelgan del- ta K., ohaktosh va gips kabi jinslardan tarkib topgan joylarning cho’kishi nati- jasida hosil bo’ladigan karst K., abadiy muzloq erdar cho’kkan joylardagi termo- karst K., ostki qat-lamlardagi jinslar- ni er osti suvlari yuvib ketishi natija- sida tashkil topgan laguva K., limanlar- ning dengizdan ajralib krlishi natija- sida shakllangan liman K.ga bo’linadi. Glyasiogen K. muzliklarning erozion va akkumulyativ faoliyati natijasida Vu- judga keladi. Ular Daryo vodiylarining morena yotqiziqlari b-n to’silib qolishi natijasida yoki morena yotqiziqlari ora- sidagi chuqurliklarda hosil bo’lgan mo- Rena K. va tog’yon bagirlaridagi kar muz- liklari o’yib ketgan joylarida hosil bo’lgan kar K.ga bo’linadi. Suv omborla- ri va hovo’zlar sun’iy K. deyiladi. Suvi tashqariga oqib chiqish- chiqmasligiga ko’ra, oqar va oqmas K.., sho’rligiga ko’ra, chuchuk, sho’rtang, sho’r va juda sho’r (achchiq) K., suv t-rasiga qarab iliq (tropik), sovuq (qutbiy) va aralash tipdagi (mo»tadil) K., tuzlarning ki – myoviy tarkibiga ko’ra, gidrokarbonatli va karbonatli (NSO3+SO4), sulfatli (SO4), xloridli (CL) K. ga bo’linadi. Loyqa bosishi, qirg’oqlarning shaklla- nib turishi natijasida K.ning shakli va kattaligi o’zgarib turadi. K.dan baliqchilik, suv transpor- ti, suv ta’minoti, sug’orishda, har xil mineral tuzlar, shifobaxsh balchiqlar olish maqsadida foydalaniladi. Er sha- ridagi barcha K.larning umumiy mayd. 2,1 mln. km2. O’zbekistonda 250 ga yaqin K. bor. Ular, asosan, Sirdaryo va Amu- Daryo qayirlarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida joylashgan (yana q. Ko’lshunoslik). Tasniflanishiga ko’ra, O’zbekiston hududida 2 tipdagi K. joylashgan: 1) tog’K., 2) tekislik K. Ko’llarning tog’li hududlarda ko’proq joylashishi iqlimiy va morfologik-gi- drografik xususiyatlarga bog’liq, chunki tog’lar daryolar okib tushishini shakllan- tiruvchi namlik akkumulyatorlari sifa- tida xizmat qiladi. Shuningdek, ularda qulay geomorfologik va geotektonik sharoitlar ham mavjud. Tog’K. dan: IX- vach, Bodak, Shavorko’l, Urungach, Ko’ksuv va b. ma’lum. Tog’K. toza, chuchuk va o’ta chuchuk suvlarning potentsial manbaidir. K.ning O’zbekiston hududida notekis tarqalishi, ularning shikastlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy tabiiy omillar (iqlim, relef, geologik tuzilish va oqim)ning nihoyat darajada xilma-xil- ligidan. Tekislik hududlardagi katta ko’l maydonlari, ko’p miqdordagi oqimli Daryo suvlari shakllanadigan hamda na- mlikka boyroq tog’larga tutashgan tekis- lik iqlimining quruqligi natijasida paydo bo’lgan. Tekislik K.ning tipik vakilla- ri: Arvasoy ko’l sistemasi, Dengizko’l, Sudoche, Zarafshon va Kashqadaryoning quyi qismi. Tekislik K. daryolarning qayirlarida (qayirli) va sug’oriladigan hududlarning atrofida joylashgan. Key- ingi paytlarda tekislik hududdagi bar- cha K. kollektor-dren AJ suvlarining ifloslantirish ta’siridadir. Suv b-n ta’minlanishi, asosan, sug’oriladigan dalalardan oqib tushgan partov suvlar hisobiga bo’ladigan ayrim oqmas irriga- tsion-partov K. ayniqsa, noqulay tsharo- itga tushib qoladi. Ba’zi oqmas K.ning o’zani va o’rni vaqt-vaqti b-n siljib tu- radi (mas, Lobnor ko’li). K.lar tabiat qolatiga faol ta’sir ko’rsatadi. Ular ustki oqimni boshqarish, ya’ni yilning namli kelgan davrlarida suvni to’plash va uni qurg’oqchil davrda daryolarga berish, ustki va er osti suvlar b-n suv to’planish joyidan okib kelgan limnik jarayonlar chog’ida bir necha bor qayta ishlangan mineral va organik mod- dalarni to’plashlari mumkin. Gidrologik ko’rsatkichlar, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, o’z na- vbatida, hayot faoliyati K. tabiiy kom- pleksiga muhim ta’sir kursatuvchi suv hayvonlari va o’simlik organizmlari- ning rivojlanish sharoitlarini bel- gilaydi. Shunday holatda K.lar o’z joy- lashish xususiyatlarini aks ettiruvchi murakkab ekologik sistema sifatida na- moyon bo’ladi. Ad.: Bogoslovskiy B. B., Ozerovede- Nie, M., 1960; Berg R. A., Po ozeram Si- biri i Sredney Azii. Puteshestviya L. S. Berga (1893-1906 gg.) i P. G. Igvatova (1898— 1902), M, 1965; Nikitin A. M., Ozera Sredney Azii, L., 1987.