Ko’ktepa

Ko’ktepa — qad. shahar xaroba- si (mil.AV. 9-4-a.lar). Samarqand VI- loyatining Payariqtumaniga qarashli hududida, batrak va Shamat kishloklari oralig’ida, Bulung’ursoyning qad. o’zani sohilida joylashgan. Mahalliy aholi orasida u Sayiltepa deb ataladi. K. ilk temir davri shahar xarobasi, kvadrat shaklida, mayd. 23 ga atrofida, uning re- lefida chor atrofi bo’ylab qad ko’targan mudofaa devori va 4 joyda shahar dar- vozalarining o’rinlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Yodgorlik relefida shahar mudofaa devorining tashqarisidan 2-mu- dofaa inshooti o’tgan ko’rinadi. Uning xom g’ishtdan qurilgan izlari 1 km chama- si uzunlikda yodgorlikning shim.-g’arbiy tomonida kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, u yaqin 100 ga maydonni o’rab olgan. Ammo 2-mudofaa inshooti oralig’i key- ingi yillarda xo’jalik maqsadlarida to’liq o’zlashtirilib, uning qad. insho- otlari mutlaqo buzib tashlangan. K. may- donining 2 joyida baland do’ngliklar kuzatiladi. Ulardan biri yodgorlikning markazida, kvadrat shaklida (70 x 70 m), ikkinchisi, uning sharqida, 2 yarus (qavat, qatlam)li (qasr oldidagi maydon b-n). Yodgorlikda olib borilgan arxeo- logik tadkiqotlar vatijasiga ko’ra, qad. shahar hayoti 3 davrga bo’linadi (K. 1,2,3). K.I davri Zarafshon vodiysida mahalliy chorvador saqlarning o’trok qayotga, dehqonchilik xo’jaligi yuritish- ga ommaviy ravishda o’tayotgan, Sug’diyona dehqonchilik vohasining jadal tarkib topayotgan davri b-n farqlanadi. Bu davrda kulolchilik mahsulotlari, aso- san, qo’lda tayyorlanib, ularning och rang- li pardozlangan sirtiga qizg’ish qora bo’yoqda turli shakllarda gul solish odat bo’lgan. K. 1 davrida dastlab aholi yarim er to’la shaklidagi kulbalarda yashadi, uning so’nggi bosqichiga kelib, guvala va xom g’ishtdan ko’p xonali uylar va baland platforma (tag kursi) ustiga monumen- tal bino (ibodatxona majmuasi) qurish odat tusiga kiradi. K.1 davri majmua- si Farg’ona vodiysining Chust madani- yati, umuman, O’rta Osiyoning yaz 1 deb atalgan arxeologik majmualari b-n har jihatdan bir-birlariga yaqin va o’xshash bo’lib, ularning yil sanasi keyingi yil- larda (mas, Chust madaniyatining yoshi) rosa 500-600 y.ga qad. dir deb topil- mokda. K.2 davriga kelib, Sug’diyova hududlariga qad, Sharq tamadduniga xos urbanistik jarayon jadal kirib keladi. Yangi etno-madaniy qatlamning erli tub aholi b-n qorishuvi vatijasi sifatida K. 2 majmuasi tarkib topadi. Bu jarayon, ayniqsa, kulolchilikda yaqqol ko’zga tash- landi. Keramika mahsulotlari tarkibi- da yuqori sifatli, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar keskin ko’payadi. Endi, kulolchilikda sopollarning naqshiga emas, balki ularning sifatiga e’tibor qaratiladi. Uy-joy qurilish soxasida monumental binolar, majmu- alar barpo etish rivojlanadi. Sug’dda qad. shahar madaniyati uzil-kesil shak- llanadi. Bu davrda K. da, uning marka- zida qalin platforma (tag kursi) ustida mahobatli shahar ibodatxonasi uzil-ke- sil shakllanadi. Undan Sharq-roqsa joy- lashgan K. hukmdorining qasri tarkib topadi. K. 3 davriga kelib, qad. Sharqtamadduni an’analari asosida rivojlanishda davom etayotgan shahar hayotiga make-doniyalik Aleksandr yurishlari muno-sabati b-n ellin mada- niyati kirib ke-ladi. Shahar maydoni yo’lak hosil qilgan 2 qatorli mudofaa devori b-n o’rab olinadi. Shahar maydo- nining yuqori qismida kamida 0,50 sm qalinlikda ellin davri qatlami hosil bo’lgan. Undan so’ng qandaydir sababga ko’ra, shaharda hayot to’xtaydi. K.dan 25-35 yoshdagi ayol qabri Ochil- Di. Qabrdan yog’och to’shama va qamish bo’yra izlari topildi. Ayolning ko’ylagining chetlari tsilindr shakldagi 345 ta ol- tin taqinchoqlar, bosh kiyimi esa 57 ta shisha munchoq b-n bezatilgan. Belbog’iga fero’za qadamalar o’rnatilgan oltin to’qachalar taqilgan. Mayitni oyoq tomo- nidan qaychi, urchuq va Xitoyning Xan sulolasi davriga oid kumush qo’shilgan dumaloq jez ko’zgu topildi. Mana shu ko’zgu va b. belgilarga ko’ra, qabr mil.AV. 1 — mil. 1-a.ga oid deb belgilandi. Qabr mayd. 11 x 5,5 m hajmda bo’lib, lahadning chuq. 6,5 m ni tashkil etgan. M. Isomid- tsinovning fikricha, bu erda Malika yoki aslzoda ayol dafn etilgan. 2001 y. K. mi- norasi o’rnida qazishma ishlari davom ettirildi, u erda sopol idishlar, tegir- mon tosh bo’laqlari, tosh o’roq, qozon, bandli marmar tarozu toshi, marmardan ishlangan buyumlar, 4 oyoqchali kichik chirog’don, to’qimachilik dastgohi uchun mo’ljallangan suyak taroq, tosh pichoq, og’ir bolta, hayvon suyaklari topildi (mil.AV. 8 — 7-a.lar). Ad.: Isamiddinov M. X., Genezis go- rodskoy kulturi Samarqandskogo so- GDA, Samarqand, 2000. Ahmadali Askarov.