Kolumbiya (Colombia), Kolumbiya Respublikasi

Kolumbiya (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (Republica de Colombia) — Jan. Amerikaning shim.-g’arbida joy- lashgan davlat. Mayd. 1138,9 ming km2. Aholisi 40,3 mln. kishi (2001). Poytax- ti — Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) sh. Ma’muriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga bo’linadi. Davlat tuzumi. K. — unitar Respu- blika. Amaldagi siyosiy Konstitusiyasi 1991 y. 4 iyulda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident. U umu- miy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n 4 y. mud- datga saylanadi. Ikkinchi muddatga say- lanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Kongress amalga oshiradi. Kongress ikki palata: Senat va vakillar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amal- ga oshiradi. Tabiati. K.ning Sharqiy va shim. qismi pasttekislik, g’arbida and tog’ tizmalari bor. And tog’larining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (G’arbiy, Marka- ziy va Sharqiy Kordilera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Pa- tiya irmoqlari b-n) bir-biridan AJ- ratib turadi. K.ning eng baland joyi — Kristobal-Kolon tog’i (5800 m). And tog’larining G’arb va shim. da tinch okean va Karib bo’yi botqoqlashgan past- tekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekis- ligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va so’nmagan vulkanlar (uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va b.) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toshko’mir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, Zumrad konlari ko’p. K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda o’rtacha oylik t-ra 29°, 1000-2000 m baland- likdagi tog’larda 17-22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yog’in 1000-4000 mm. Shim.-sharqida 200 mm gacha, tinch okean pasttekisligida va unga tutash tog’etaklarida 10000 mm gacha. Daryo ko’p, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b. Yuklar- ning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va tog’etaqlaridagi qizil- sariq laterit tuproqli erlarda nam tro- pik o’rmonlar bor, qizil tuproqli erlar savanna (Lyanos) b-n qoplangan. Shim.- Sharqda buta va kaktuslar o’sadi. Tog’tepa- larida o’tloqlar (paramos), cho’qqilarida doimiy qorlar bor. O’rmonlarda may- Mun, yaguar, chumolixo’r, tapir, yalqov, kaltakesak; qushlardan tunan, kolibri va to’tilar, daryolarda timsoh uchraydi. Milliy bog’lari: Chiribikete, Parami- lo, Serra-Nevada-de-Santa-marta. Aholisining aksari kolumbiy- lar. Ular indeys, ispan, negrlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va G’arbiy Evropa- ning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qo’shilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili — ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga e’tiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena. Tarixi. Hoz. K. hududida qadimdan in- deys qabilalari yashab kelgan. K. hududiga 1499 y.da ispanlar kelgan. 1530-y.larda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tar- tibini o’rnatdilar va mamlakatni yangi Granada deb atadilar. 1718 y.dan yangi Granada vise-qirolligiga aylantiril- Di. 1739 y. Yangi Granada vise-qirolligi K.dan tashqari hoz. Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qo’shib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qo’zg’olon ko’tardi. Shulardan eng yirigi 1781 y.gi qo’zg’olon bo’ldi. Mustaqillik uchun kurash 1810 y.dan yanada kuchaydi. 1816 y. may oyida ispan armiyasi qo’zg’olonni shafqatsiz bostirdi. Birok, qo’zg’olonchilar 1819 y. Fev.da mustaqillikka erishgan Vene- suela vatanparvarlari erdamida ispan qo’shinlarini tor-mor etdilar. 1819 y. dek.da yangi Granada, Venesuela va ek- vador birlashib, Buyuk Kolumbiya Fede- rativ Respublikasi tuzilganligi S. Bo- livar prezident) e’lon qilindi. 1830 y. Buyuk Kolumbiya Federativ Respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va yangi Granada (Panama b-n birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40-y. larda mamlakatda konservativ (yirik zamin- dorlar) va Liberal (burjua) siyosiy par- tiyalar vujudga keldi. 1851 y. Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863 y.dan mamlakat K. Qo’shma Shtatlari, 1886 y.dan K. Respubli- kasi deb ataldi. Partiyalar o’rtasidagi raqobat mamlakatda fuqarolar urushiga («Ming kunlik urush», 1899— 1902) sa- bab bo’ldi. 1903 y. Panama K.dan ajra- lib, mustaqil davlatga aylandi. 1929— 33 y.gi jahon iqtisodiy turg’unligi K. iktisodiyotiga ancha putur et-kazdi. 1934 y. K.da ba’zi ilg’or islohotlar (bepul ta’lim va b.) o’tkazildi. 1946 y.dan K.da terrorchi diktatura o’rnatildi. Barcha de- mokratik kuchlar qattiq ta’qib qilindi. Xalqning demokratik g’alabalarini tu- gatish siyosati o’tkazila boshladi. 1948 y. da xalq qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’olon bostirilgach, konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi no- bud bo’ldi. Ma’murlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi. Konser- vatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953 y. davlat to’ntarishi uyush- tirdi va harbiy diktatura o’rnatdi. 1957 y.da umumxalq kurashi natijasida Dik- tatura barham topdi. Konservatorlar b-n liberallar «she- rikchilik» asosida «Milliy jabha» blokini tuzdilar (1957-74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal bo’lmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974-78 y.larda bir qator ilg’or islohotlar o’tkazdi. 1978 y. saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala g’alaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 y. prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango Pre- zident, liberallar vakili g.B.Lesmus esa vise-prezident etib saylandi. K. — 1945 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 20 iyul — Mustaqillik kuni (1810). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Liberal partiya, 1815 y.da asos solingan; sosial-konservativ partiya, 1848 y.da tuzilgan; K. kommunistik par- tiyasi, 1930 y.da asos solingan; Milliy najot harakati partiyasi, 1990 y.da so- tsial-konservativ partiyadan chiqqan siyo- siy arboblar tomonidan tuzilgan; mil- liy xalq Ittifoqi, 1964 y.da asos solin- gan; demokratik alyans partiyasi, 1990 y.da tuzilgan. Kasaba uyushma birlashma- lari: demokrat mehnatkashlar umumiy konfederasiyasi, 1971 y.da tuzilgan; K. demokrat mehnatkashlar konfederasiya- si, 1988 y.da tuzilgan; K. mehnatkashlar konfederasiyasi, 1934 y.da tuzilgan; Mehnatkashlar unitar kasaba uyushma markazi, 1986 y.da tuzilgan. Xo’jaligi. K. — agrar-industrial mamlakat. Jan. Amerikadagi iqtisodiy barqaror, uzluksiz rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. O’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar dasturida im- portga erk berish, samarasiz davlat korxonalarini xususiylashtirish, xo- rijiy sarmoyani jalb etish ko’zda tu- tilgan. Mehnatga layoqatli aholining 33% q.x.da, 23% sanoatda, 20% xizmat sohasida mashg’ul. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 27%, q.x.ning ulushi 22%. Sanoati. K.ning boy tabiiy resursla- ri asosida konchilik sanoati rivojlan- gan. Neft va temir rudasi qazib olish etakchi sanoat tarmoqlaridir. Tabiiy gaz, toshko’mir, oltingugurt, nikel, ol- tin, platina, kumush, Zumrad ham qazib olinadi (jahondagi Zumradning 90%). Oziq-ovqat sanoati, asosan, q.x. xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, poyab- zal, ichimlik i.ch. sohalari, tikuvchilik, to’qimachilik, metallni qayta ishlash alohida o’rin oladi. Metallurgiya, NEF- tni qayta ishlash, kimyo va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Avtomobil, tele- vizor va Radiopriyomniklar yig’adigan, stanok, tsement, qog’oz ishlab chiqaradigan z-dlar bor. Hunarmandchilikning ham salmog’i katta. O’rmonlarda qimmatbaho nav yog’och tayyorlanadi. Yiliga 25,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 75% gidroelektr st- yalariga, 25% ko’mir b-n ishlovchi elektr st-yalariga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi. Dehqonchilik — q.x.ning asosi. Kofe — mamlakat q.x.ning muhim mahsuloti. Kofe eks- port qilish sohasida dunyoda Brazili- yadan keyin 2-o’rinda turadi. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining salkam 40% kofe etishtirish b-n bevosita yoki bavosita bog’liq tarmoqlarda band. Eks- port uchun kakao doni, paxta, banan, tama- ki, mahalliy ehtiyoj uchun makkajo’xori, kartoshka, sholi, bug’doy, arpa, maniok, soya, no’xot, shakarqamish etishtirila- Di. Chorvachiligida qoramol, ko’y, cho’chqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Q.x. mam- lakatning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmaydi. K.da asosiy transport turi — Avto- mobil. T.y. uzunligi — 3,4 ming km, avtomobil yo’li o’z. — 129 ming km. Asosiy dengiz portlari: Barrankilya Buenaventura, Tumako, Kartaxena, San- ta-marta. Bogotada Eldorado xalqaro aeroporti bor. K. chetga kofedan tashqari neft va neft mahsulotlari, kimyoviy mollar, qora metallurgiya mahsulotlari, Zumrad chiqaradi. Chetdan sanoat asbob-uskuna- lari, transport vositalari, xom ashyo, iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mi- jozlari: AQSh, Evropa Ittifoqi mam- lakatlari, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlari. Pul birligi —K. pesosi. Tibbiy xizmati. Bemorlarga, aso- san, xususiy tarzda xizmat ko’rsatiladi. Vrachlar 9 ta oliy o’quv yurtining tibbi- yot f-tida tayyorlanadi. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’- rifiy muassasalari. 7 yoshdan 12 yoshga- cha bo’lgan bolalarning o’qishi bepul va majburiy. Boshlang’ich maktabda o’qish muddati 5 y., o’rta maktabda 6 y. Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Mutaxassislar hunar-texnika bilim yurtlari va ped. o’quv yurtlarida, oliy o’quv yurtlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 200 dan ko’proq oliy o’quv yurti, shu jumladan, 25 davlat va 35 xususiy un-t bor. Eng yirik oliy o’quv yurtlari: Bogotada K. Milliy unti (1867 y. da asos solingan), Vale unti (1945), Xaverian xususiy katolik unti va b. Ilmiy muassasalari: K. tarix aka- demiyasi (1902), K. yuridik fanlar akademiya- si (1894), tibbiyot fanlari akademiyasi (1890) — hammasi Bogotada; Kartaxena, Medelin, Tunxa va b. shaharlarda tarix akademiyalari, bir qancha ilmiy jamiyat- lar ishlaydi. Bogotada Milliy kutubxo- na, Medelinda un-t kutubxonasi, Bogo- tada Milliy un-t kutubxonasi va b. bor. Muzeylari: Milliy, mustamlaka davri san’ati, Milliy antropologiya, Milliy arxeologiya muzeylari, Oltin buyumlar muzeyi, S. Bolivar muzeyi — (hammasi Bogotada), Medelindagi tabiiy fanlar muzeyi va un-t muzeyi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da 30 ga yaqin kundalik gaz. nashr etiladi. Eng yiriklari: «eks- pektador» («kuzatuvchi», 1887 y. dan), «Tempo» («vaqt», 1911 y.dan), «Pays» («Mamlakat», 1950 y.dan), «Nuevo siglo» («Yangi asr», 1932 y. dan), «kolombia- no» («kolumbiyalik», 1912 y.dan). An- kol hukumat axborot agentligi ishlaydi. Kolprensa milliy axborot agentligiga 1980 y.da asos so-lingan. Radioeshitti- rish 1929 y. dan, telekursatuv (to’la dav- lat tasarrufida) 1954 y.dan ishlaydi. Mamlakatda hammasi bo’lib 200 ga yaqin radiost-ya, 50 telestudiya bor. Adabiyoti ispan tilida. Dastlabki yilnoma va hikoyalar 1519 y.da paydo bo’lgan. Adabiyot, ayniqsa, 19-a. bosh- larida gurkirab rivojlandi. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash yillari (1810-26)da vatanparvarlik ruhidagi klassisizm adabiyoti ravnaq topdi (K. Torres, L. Vargas Texad, X.M.Salasar va b. ijodi). X. X. Ortie, X.E.Karo, X.Arboled, R.Pombo, F.Peres, X.M.Samper va b. yozuvchilar indeys qabilalarining o’tmish hayotini madh etuvchi asarlar yozdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida «elkan ramzi», «Ar- boledlar jamiyati» va b. to’garaqlarda uyushgan X.A.Silva, M.A.Osodio va b. shoirlar ijodida modernistik mayllar qaror topdi. 1-jahon urushidan so’ng K. adabiyotida «avangardizm» paydo bo’ldi. «Konrod epopeyasi» dostonining mu- allifi — A.M.Mutis, L.K.Lopes va b. ijtimoiy she’riyat an’analarini rivojlantirdilar. Nasrda ijtimo- iy tanqidchilik kuchaydi. A.Lopes de Mesa, X.Restrepo Karamilo, D. Arango Vems va b. ijodida kishilarning tabi- at b-n to’qnashuvini tasvirlash asosiy mavzu bo’ldi. X.A.Osorio Lisaraso- ning shaxtyorlar hayoti hamda mehnatini tasvirlovchi «er ostidagi odam» va taraqqiyparvar arbob Gaytan o’limi to’g’risidagi «nafrat kuni» romanlari K. nasrining yutug’i hisoblanadi. 50-y.larda ko’proq par- tizanlar qarakatiga bag’ishlangan asar- lar turkumi («zo’ravonlik haqida ro- manlar») paydo bo’ldi. G.G.Markesning «Yolg’izlikning yuz yili» romani K. Nasri rivojida muqim rol o’ynaydi. X.Pardo Gersia, K.Kastro Saavedra va b. o’z asarlari b-n K. she’riyatiga salmoqli hissa qo’shdilar. Me’morligi. Hoz. K. hududida toshdan qurilgan ibodatxona va istehkomlarning vayronalari topilgan. K. ispanlar to- monidan bosib olingach, 15-a. oxiri va 16-a.da indeys manzilgohlari o’rnida Kartaxena, Bogota, Tunxa kabi shaharlar barpo etildi, ularning markazida to’g’ri burchaqli kucha va maydonlar qurildi, shaqlan ko’rimli va sipo binolar tiklan- Di. 16-a. o’rtasidan 17-a. o’rtalarigacha italyan uyg’onish davri me’morligi «mudexar» uslubi unsurlari b-n birga qo’shildi. 16-18-a.larda g’ishtin uyli, to’g’ri ko’chali shaharlar, monastir Cher- kovlari barokko va yangi mudexar uslu- bida qurildi. 20-a. boshlarida sanoat rivoji natijasida shaharlar ko’paydi. 1930-y.lardan AKSH va Braziliya me’- morlik maktablari ta’sirida zamonaviy binolar ko’plab qurila boshladi. 1940— 70 y.larda yangi kvartallar, sanoat maj- mualari, bank, firma binolari, stadion, bozorlar ko’pgina shaharlarning ko’rkiga ko’rk qo’shdi (Kartaxenadagi stadion, Bogotadagi Moderno gimnaziyasining kapellasi va b.). Pekin mamlakatdagi turar joylarning ko’pchiligini loy va qamishdan ishlangan kulbalar tashkil etadi. Zamonaviy inshootlar orasida Bogotadagi «Tekendama» mehmonxonasi, «Filips Kolobiana» firmasining bi- nosi ajralib turadi. Tasviriy san’ati. K. hududida qadimdan indeyslar madaniyati (kulol- lik buyumlari, oltin, kumush haykallar, tilla taqinchoqlar tayyorlash) rivoj- langan. Mil. AV. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillik boshlarida San-Agustin madaniyati (Jan. K. o’rmonlaridagi tosh qaykalchalar, bo’rtma tasvirlar), bu mada- niyatga yaqin Terradentro, Narino, ka- Lima madaniyatlari ham mavjud bo’lgan. 16-a.gacha Markaziy va shim. viloyatlar- da chibcha indeyslari madaniyati ravnaq topgan (oltin, mis, kumush zeb-ziynat buyumlari, haykalchalar, idishlar, to’qimachilik, o’ymakorlik namunalari). 16-17-a.larda mahalliy rassomlik MAK- tabi vujudga keldi, diniy va hayotiy mav- zularda asarlar yaratildi (portretlar, devoriy rasmlar). 19-20-a. boshlarida P.X.Fi- geroa, X.M.Espinosa kabi rassom- lar xalqning mustaqillik uchun kurashi mavzularida asarlar yaratdilar. Key- ingi yillarda ijtimoiy muammolarga qiziqish kuchaydi. P.N.Gomes Agudelo, I.Gomes Xaramilo, M.Dias-Vargas, E.Martines, X.Rodriges Asevedo, L.A.Akunya kabi rassomlar, X.O.Be- Tankur, R.Roso va b. haykaltaroshlar mashhur. 1930 y.da asos solingan K. Ba- diiy akademiyasi keyinchalik Bogota na- fis san’at maktabiga aylantirildi. Musiqasi. Ispan istilochilarining xotiralaridan ma’lum bo’lishicha, hoz. Kolumbiya hududida yashagan indeyslar- da harbiy musiqa yaxshi rivojlangan, ular g’alabani musiqa va qo’shiqlar b-n nishonlagan. Motam marosimlarida marhumning botirligini ta’riflov- chi qo’shiqlar aytilgan. Hosil yig’imi, qabila boshlig’i uchun saroy qurilishi ommaviy raqs va qo’shiq b-n yakunlangan. Bosqinchilar kelgach, indeys musiqasiga evropacha unsurlar ta’sir eta boshladi. K. musiqasida kreol, indeys, negr ohanglari qorishib ketgan. 17-a. boshla- rida professional musiqa vujudga keldi va 18-a. oxiridan dunyoviy musiqa rivoj- lana boshladi. 1784 y. Bogotada birinchi puflama sozlar orkestri tuzildi. 19-a. ning 40-y.larida K. musiqa san’atining rivojlanishida Italiya opera truppala- ri va K.da yashovchi Evropa kompozitor- larining roli katta bo’ldi. 19-a. bosh- larida K.da yashagan ingliz E. Prays K. Filarmonik kontsert jamiyatini, uning o’g’li J.Prays Milliy musiqa akademiya- sini tashkil etdi (1882; 1910 y.dan mil- liy konservatoriya). A.Velasko, E.Salas, O.Sindichi (milliy madhiya muallifi), «Ester» va «Florinda» operalarining muallifi X. M. Ponse de Leon 19-a.ning mashhur kompozitorlari hisoblanadi. Milliy simfonik orkestrning asoschi- si — dirijyor g. Espinosa, kompozitor- lar g. Uribe Olgin, A. Mariya Valen- siya, qo’shiqchi L. Masia, musiqashunos X. I. Pendromo Eskobar, X. B. Silva va b. 20-a.da K. musiqa madaniyatini rivojlantirgan ijodkorlardir. Bogo- tada opera teatri, milliy konservato- riya, folklorni o’rganuvchi i.t. markazi, «Folklor baleti» bor. K. milliy radi- Osi mumtoz va milliy musiqani targ’ib qilish sohasida katta ish olib borayotir. Teatri. 18-a. oxirlarida Bogotada ilk bor teatr tomoshalari ko’rsatilgan. X.M.Salasar, L.Vargastexada, S.Peres, A.L.Gomes, A.Alvares Leras, L.E.Osorno va b. 19-a.da hamda 20-a. 1-yarmida ko’zga ko’ringan K. dramatur- glari hisoblanadi. 50-y.lar o’rtalarida K. teatrining faoliyati yaxshilandi, truppalar paydo bo’ldi, festivallar o’tkazildi. Milliy drama san’ati makta- blari tashkil qilindi. Zamonaviy teatr madaniyatining rivojlanishida Kalida- gi tajriba teatri, madaniyat uyi va «La mama» truppalari, shuningdek, Bogota- dagi Xalq teatri muhim rol o’ynaydi. Un-t teatrlari ham keng yo’lga qo’yilgan (ular 1966 y.dan festival o’tkazib tura- Di). Zamonaviy mashhur dramaturglardan O.Dias, X.Salamea, K.X.Reyes va teatr arboblaridan E. Buenaventur, S. Garsia hoz. K. teatri san’atini rivojlanti- rishga salmoqli hissa qo’shgan. Kinosi. K.da dastlabki hujjatli filmlar («San-Kristobal manzara- si», «Bogotada harbiy parad») 1907 y. da suratga olindi. 1910-y.larda voqeiy filmlar yaratishga kirishildi. 1914 y.da rej. F.Markoning «ishonch tanta- nasi» to’la metrajli yarim hujjatli filmi chiqarildi. «Aura yoki gunaf- shalar» (1923), «Antokiya osmoni osti- da» (1924), «kondorlar uyasi» (1925) ko’ngilochar va xajviy kinolentalari b-n badiiy filmlar yaratishga asos so- lindi. 1937 y.da aka-uka Aseveolar bi- rinchi ovozli hujjatdi filmni yarat- dilar. 1939 y.dagi «Vodiy gullari» filmi dastlabki ovozli badiiy film bo’ldi. 50-y.lar oxiri va 60-y.larda milliy kino san’ati yuksala boshladi. Ilgor ijtimoiy yo’nalishdagi fil- mlar («tosh ildizlar», «Kolumbiyaning uch tarixi», «achchiq er», «Donaso» va b.) yaratildi. Hujjatli kino rej.lari- dan K.Alvares, X.Alvares, M.Bergas, G.Samper, X.Morante faoliyati milliy kinoning shakllanib, kamol topishiga katta ta’sir o’tkazdi («kunlardan bir kun», «demokratiya nima» va b. fil- mlar). Keyingi yillarda «qachongacha» (rej. B.Ventura), «firibgarlik» (rej. L.Sanches), «toza qon» (rej. L.Ospina), «Diyorimiz ovo-zi: o’tmish va kelajak» (rej. M. Rodriges, X.Silva) va b. fil- mlar muvaffaqiyat qozondi. 1960 y.dan Kartaxenada xalqaro kinofestivallar o’tkazib turiladi. 1971 y. Bogorada kine- matografiya inti tashkil qilingan. Unda rej.lar, stsenariychilar, operatorlar tayyorlanadi. K.da 650 kinoteatr bor.