KINOGA OLISH APPARATI
KINOGA OLISH APPARATI – hujjatli va badiiy kinofilmlar va videofilmlarni hamda turli ob’ekt- larni izchil ravishda ketma-ket tasvir- lar (kadrlar) tarzida kinolentaga tu- shirish qurilmasi. Enining kengligi va formatining o’lchami har xil bo’lgan kinolentalarga suratga olish uchun mo’ljallab ishlab chiqariladi. Mac, keng formatli filmlar 70 mm li; oddiy va keng ekranli filmlar 35 mm li; televi- Zion, ilmiy, o’quv va havaskorlik fil- mlari 16 mm, 8 mm va 2×8 mm li kino- lentalarga mo’ljallangan apparatlarda suratga olinadi. Vazifasi va tuzilish xususiyatlariga ko’ra, dastaki va muqim (stasionar) K.o.a. farklanadi. Dastaki apparatlar ixchamroq bo’lib, qo’lda olib yurib, istalgan joyda kinoga olish mum- kin. Muqim apparatlar muayyan joyda uchoyoqli shtativga o’rnatib ishlatiladi. K.o.a. sinxron, prezision, ixtisoslash- tirilgan, havaskorlik va maxsus tur- larga ham bo’linadi. Sinxron K.o.a. b-n tasvirni kinoga olish paytida (sinxron tarzda) tovushni ham alohida magnit lentaga yozib olish mumkin. Presizi- on K.o.a. murakkab kinoga olish uchun mo’ljallanadi. IX-tisoslashtirilgan K.o.a. b-n panoram, doiraviy, stereoskop filmlar suratga olinadi. Havaskorlik K.o.a. eni 16 mm, 8 mm va 2×8 mm li kino- lentalarga ilmiy, o’quv va havaskorlik filmlarini kinoga olish uchun ishlati- ladi. Maxsus K.o.a. tez va qisqa muddatda utadigan jarayonlarni qayd qilish (juda tezkorlik b-n kinoga olish) hamda avia- tsiya va kosmik parvozlarda foydalanish uchun muljallanadi. Har qanday K.o.a. optik va mexaniq qismlardan iborat. Optik qism kinoga olish ob’ektivi va vizir (vizir tizim) ni o’z ichiga oladi. Ob’ektiv ob’ektning tasvirini kinolentaning yorug’lik sez- gir katlamiga tushiradi. Vizir orqali esa ob’ekt kuzatiladi va apparatning ob’ektga nisbatan zarur vaziyati urna- tiladi. Mexaniq qism lenta tortish me- xanizmi, harakatlantirish mexanizmi va obtyuratordan iborat. Lenta tortish me – xanizmida lentani bir me’yorda surib, zarur paytda to’xtatib turadigan mosla- malar ham bo’ladi. Obtyurator kinolenta kadr tuynugi tomon bir kadr surilganda shu tuynukka kelayotgan yorug’lik nurlari yo’lini dam-badam to’sib turish vazi-FA- sini o’taydi. K.o.a., asosan, 19-a. oxirlaridan boshlab turli markalarda ishlab chi- qariladi. Ular borgan sari takomil- lashib bormokda. Ayniqsa, i.t. ishlari uchun mo’ljallangan K.o.a.lari — ixcham aviasiya va kosmik kinoga olish, mikro- kinoga olish apparatlari, tezkor va rastrli apparatlar, suv ostida kinoga olish, sekinlatib suratga olish apparat- lari va b. yo’nalishlardagi K.o.a. lari juda takomillashib ketdi. Bu borada Yaponiyada, AQSh va b. mamlakatlarda ish- lab chiqarilayotgan apparatlarni misol qilib ko’rsatish mumkin (q. Kinotexni- ka).