Kayfiyat
Kayfiyat — shaxsning faoliya- ti, xulqi, muomalasi va ruhiy jarayon- lariga ma’lum vaqt davomida ta’sir qilib turuvchi hissiy holat. Insonning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, zerikish, qayg’urish kabi his-tuyg’ular uning ruhiy holati tizi- miga aylanadi. K. insonning butun FA- oliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mac, kishi xursand bo’lib turganida uning ko’ziga hamma narsa yaxshi, aks holatda esa yomon bo’lib ko’rinishi mumkin. Yaxshi K. individ, guruh, jamoada ishchanlik, o’zaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhitni, samimiy muomala maromini shakllantirishning, jismo- niy va aqliy mehnat samaradorligi- ni oshirishning ka-folatidir. Ijti- moiy hayotdagi turli voqealar, ya’ni mehnat muvaffaqiyati, ta’lim yutug’i, rahbar b-n xodim, o’qituvchi b-n tala- ba o’rtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxslararo muomala maromi, turmush- ning quvonch va tashvishlari, shaxsning qiziqishi, nimadandir qoniqish yoki qoniqmaslik hissi K.ning manbalari hisoblanadi. Odamning ruhi tushib, no- xush K.da yurishi — uning turmushida muammolar yuzaga kelganidan, halovati buzilganidan dalolat beradi. Ob’ektiv va sub’ektiv vaziyat, sharoit, sababiy bog’lanish K. barqarorligini belgilay- Di. K.ning xususiyatlari ko’p jihatdan shaxsning individual-tipologik FA- zilatlariga bog’liq. Inson o’zini o’zi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqqan holda K.ini muvaqqat davr oralig’ida qat’iyatlikda tutishi, hatto holat o’zgarishiga yo’l qo’ymasligi mumkin. Ergash G’oziev.