Karakas
Karakas — Venesuela poytaxti. Karib and tog’lari orasidagi vodiyda, dengiz sathidan 900-1000 m balandlik- da, Karib dengizidan 13-14 km ichkari- da joylashgan. Iqlimi subekvatorial sernam iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 18°, iyulniki 21,2°. Yiliga 820 mm yog’in yog’adi. Aholisi 3,4 mln. kishi (1998). Shaharga 1567 y.da ispanlar asos solgan. 18-a.da Ispaniya mustamlaka imperiyasi- ning yirik iqtisodiy, siyosiy va mada- niy markazi. 1810 y.da K.da boshlangan qo’zg’olon 1810-26 y.larda Amerikada- gi Ispaniya mustamlakachiligiga qarshi urushlarning boshlanishi bo’lgan. Buyuk Kolumbiya davlati parchalanganidan so’ng (1830) K. Venesuela poytaxti bo’lib qoldi. K. — mamlakatning muhim siyosiy, savdo, moliya, sanoat va madaniyat Mar- kazi. Muhim transport yo’llari tugu- ni. Shahar t.y. va shosse yo’li orqali La-Guayra porti va Mayketiya xalqaro ahamiyatdagi aeroporti b-n bog’langan. K. orqali Pan-Amerika shosse yo’li o’tgan. Yirik chet el va milliy banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining idoralari joylashgan. Mashinasozlik, metallsoz- lik, neft kimyosi, kimyo, farmasevtika, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’n poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Oyna- shisha, qog’oz, tsement korxonalari bor. K.da metropoliten qurilgan. Bir necha un-t, Milliy ped. in-ti, oliy tibbiyot maktabi, 2 ta musiqa akademiyasi, Vene- suela til akademiyasi, Milliy tarix aka- demiyasi, Milliy tibbiyot akademiyasi va b. ilmiy muassasalar, bir necha xalqaro jamiyatlar, milliy ku-tubxona; boli- var, tabiiy ilmlar, mustamlakachilik san’ati muzeylari, teatrlar bor. Me’- moriy yodgorliklardan Plasa Bolivar Markaziy maydonidagi sobor (1664-74 y.lar) saqlangan. K. 1812 va 1990-y.larda kuchli zilzilalardan vayron bo’lgan, key- inchalik qayta qurilgan. 20-a.da «Simon Bolivar» jamoat markazi (1938), nafis san’at muzeyi (1960), Milliy Panteon, Kapitoliy va b. qurilgan.