Kuyovqo’rg’on

Kuyovqo’rg’on — ilk o’rta asrlarga oid badavlat dehqon qo’rg’oni (mil. 5-a.). Yodgorlik Termizdan 26 km shim.da, An- gor tumanida, Zartepadan 300 m Sharqda joylashgan. K. 1977 y. Arxeologiya in- tining Baqtriya ekspedisiyasi tomonidan to’liq ochib o’rganilgan (Pi-daev Sh. P.). Qo’rg’on 2 qanatli bino bo’lib, kvadrat shakldagi (20×18) pax-sa ko’tarma (plat- forma) ustiga qurilgan. Binoning ikka- la qanatida 5-6 tadan xona mavjud. Bu erda mehmonxona, yotoqxona va xo’jalik xonalari bo’lgan. Xo’jalik xonalari uzun yo’laksimon shaklda bo’lib (12,6×2,4 m), ularning tomi ravoqsimon qilib xom g’ishtlardan terib chiqilgan. Qolgan xonalar yassi qilib yopilgan. Bino dar- vozasi qo’rg’onning shim. tomonida joy- lashgan. K. tarixida 2 me’moriy bosqich qayd qilingan. 2-bosqichda bino xona- lari tuzilishiga ayrim o’zgartirishlar kiritilgan. Qurilish materiallari si- fatida to’g’ri to’rtburchak shakldagi xom g’ishtlardan foydalanilgan. Qo’rg’onni o’rganish davomida turli shakldagi so- Pol idishlar va b. uy-ro’zg’or buyumlari topilgan. Tog’tizmalar orasida loyganch- dan ishlangan monumental haykallar alohida o’rin egallaydi. Haykallarda oqsuyak ayol va erkaklarning obrazlari aks ettirilgan. Haykallarning har biri o’ziga xos ko’rinishga ega. Haykaltarosh yaratilayotgan obrazlarga jo’shqin hayotiylik baxshida etgan. Har bir obraz o’zining badiiy barkamolligi b-n AJ- ralib turadi. Haykallarda Kushon dav- ri haykaltaroshligining an’analari o’z ifodasini topgan. Haykallar qo’rg’onning 2-qavatida joylashgan mehmonxonaning 3 devorini bezatib turgan. 4-devor rang- li surat b-n naqshlangan. K. haykallari O’rta Osiyodagi ilk asrlarga oid hayotiy obrazlarni o’zida mujassamlashtirgan yagona haykaltaroshlik namunasidir. Haykallar ilk o’rta asrlardagi Toxa- ristonning boy va yuqori rivojlangan moddiy va ma’naviy madaniyatidan da- lolat beradi. K. ilk o’rta asrlarga xos bo’lgan qo’rg’on me’morligining dastlab- ki ko’rinishidir. Qo’rg’on o’zining ilg’or me’moriy echimlari b-n ajralib turadi. Shokirjon Pidaev.