Ketoz

Ketoz — kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oqsil va uglevod almashuvi- ning buzilishi b-n kechadigan kasallik. Ovqat hazm bo’lmaslik — qonda atseton (keton) tanachalarining yuqori darajada saqlanishi va ularning ko’p miqdorda siydik, sut va nafas orqali organizmdan chiqishi b-n kechadi. Bu kasallik b-n si- girlar (5-8 yoshida; sut berish davrida) va ona qo’ylar, ona cho’chqalar kasallana- Di. Kasallik organizmda uglevod — eg’ modda almashinuvining buzilishi na- tijasida glyukoza etishmasligi sababli yuzaga keladi. Yuqrri mahsuldor sigir- larning ko’p sut berishi davrida rasion- da oqsil moddalari ko’payib, engil hazm bo’ladigan uglevodli ozuqalar etishmas- ligida katta qorindagi mikrofloraning fermentativ faoliyati buzilishi nati- jasida yog’va sut kislotalari ko’payib, propion va sirka kislotalari kamayib ketadi. Shuningdek, bu kasallikning kelib chiqishida kam harakatlilik, hayvonni bir joyda bog’lab qo’yish ham sabab bo’ladi. Hayvonda ovqat hazm qilish, yurak, jigar faoliyati buziladi, kasallik boshlangan kunlardan hayvon titraydi, tishlarini g’ijirlatadi, gan- diraklaydi, ishtahasi pasayadi, katta qorin va ichak perestaltikasi kamayib, axlat chiqishi qiyinlashadi. Siydik ka- mayadi, teridan, nafasidan, siydikdan atseton hidi keladi. Suti kamayadi. Tu- zalgan sigirlarning ko’pchiligi qisir qoladi. Tashhis klinik belgilari va qonda, siydikda atseton tanachalarining aniqlanishi bilan qo’yiladi. Davolash: parhez qilinadi. Dast- labki 3-4 kunda rasiondagi to’yimli ozuqalar 50-20% ga kamaytirila- Di va mikroelementlar, vitaminlar qo’shiladi. Venaga glyukoza yuboriladi, 5% li soda ichiriladi. Oldini olish: mahsuldor sigirlar rasionida uglevod-protein balansini o’t uni, pichan, ildizmevalar, vitamin- li, mikro – va makro elementli mineral qo’shimchalar berish b-n me’yorga kelti- rish va kasal hayvonlarni ko’proq yurgi- zish kerak. Abdulla Quramboev.