Ko’pmans (Koopmans) Tyal-Ling Charlz
Ko’pmans (Koopmans) Tyal-Ling Charlz (1910.28.8, Niderdandiya — 1985.26.2, AQSh) — amerikalik iqtisodchi va matematik. Leyden un- tida matematik statistika va uning iqtisodiyotga tatbig’i bo’yicha D-r (1936). Priston va Nyu-York, Chikago, gar- vard, yel un-tlarida iktisodiyot prof. (1955-81). Ekonometrika jamiyati (1950) va Amerika iqtisodiy assosi- asiyasi (1978) prezidenti. K. chiziqli dasturlashtirish usulini yaratdi va uni an’anaviy mikroiqtisodiy nazariya b-n bog’ladi, raqobatli iqtisodiyot sharo- itlarida resurslar allokasiyasi mo- Delini ilgari surdi. O’z qarashlarini «Mahsulotlarni tayyorlash va taqsimlashda faoliyat turlari tahlili» (1951), «iktisodiyot fanining axvoli to’g’risida uch ocherk» (1957) asarlarida bayon etgan. K. optimal iqtisodiy o’sish nazariyasiga va ekonometriya nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. Milliy daromadni investisiyalar va iste’mol o’rtasida za- mon (vaqt)da optimal taqsimlashga oid bir qancha muhim teoremalarni yarat- Di. Nobel mukofoti laureati (1975; L.V.Kantorovich b-n bir-galikda).