Ko’peren (Couperin) Fransua
Ko’peren (Couperin) Fransua (1668.10.11 — Parij — 1733.12.9) -Fran- suz kompozitori, organchi, klavesin ij- rochisi. Mashhur frantsuz musiqachilari «Ko’perenlar» sulolasidan, zamondosh- lari unga — «buyuk K.»nomini berish- gan. Dastlabki musiqa saboqlarini o’z otasi (Sharl K.)dan olgan. Parijda- gi Sen-Jerve cherkovi (1685— 1723) va Frantsiya qiroli saroyida (1693 y.dan) organchi, klavesinda ham mohir ijrochi (1702-30). K.ning ijodi — klassisizm davridagi frantsuz musiqa san’atining cho’qqisidir. Uslubi — psixologik yorqin va muayyan programmali obrazlar, rang- barang kuylar, boy musiqiy bezaklar, kompozision mukammallikka asoslan- gan. Klavesin uchun 250 ga yaqin pesalar, kamer-cholg’u va organ uchun, shuningdek, diniy mavzudagi asarlar yaratgan. «Kla- vesin chalish san’ati» kitobining mu- allifi (1716). 12 jilddan iborat asari to’la nashr etilgan (Parij, 1932-33).
O‘xshash so‘zlar
- KO’PERS-KRIK
- Ko’per effekti
- Ko’per (Cooper) Leon
- Ko’per (Cooper) Jeyms Fenimor
- Ko’phad
- KO’PIK
- KO’PKANOG’OCH G’ORI
- KO’PLET

