Kontrastlik

Kontrastlik (Frans. contraste — keskin ifodalangan qarama-qarshilik) (psixologiyada) — ob’ekt lar yoki ular- ning bir qismidagi tafovutlarning sub’ektiv ravishda oshirib idrok eti- lishi; qarama-qarshi sifatga ega bo’lgan avvalgi yoki bir vaqtdagi qo’zg’alish tu- fayli sezgirlikning o’zgarishi. Mas, qora rang oqrang oldida yana ham qoraroq ko’rinadi; issiq narsani sezish ketidan sovuqqa sezgirlik kuchayadi va h.k. K. ta- biat va jamiyatning turli sohalarida bevosita aks etishi hamda tafovutli jihatlari b-n voqelik, moddiylik ke- skin ajralib turishi mumkin. U ixti- yorsiz ravishda vujudga kelishi tufayli muvaqqat nerv bog’lanishlar mexanizmi- ga asoslanadi. Odatda, ko’rishda, eshi- tishda, tasviriy ifodalarda K. uchrab tursa, ikkinchi bir tomondan yorug’lik, rang, hajm, ko’lam jihatidan fotogra- FIK K. fizikaviy voqelikni aks etti- radi. K. hissiy (timsollar, tasvirlar, obrazlar) va aqliy, mavhumiy (so’z, tu- shuncha, qonuniyat tariqasida) tarzda na- moyon bo’ladi hamda jismlar, hodisalar o’rtasidagi farqlanuvchi alomatlarni mujassamlashtiradi. Bu hol inson idro- kida timsolning qarama-qarshisi paydo bo’lishiga olib keladi. Agarda inson «shirin»ni idrok qilsa, unga contrast bo’lgan «achchiq» beixtiyor yodga to’shadi. Odam «tinchlik» tushunchasini o’z nutqida qo’llasa, ixtiyorsiz tarzda «urush» ata- masi gavdalanadi. Xarakterning fazi- latlari yuzasidan mulohaza yuritilsa, albatta, illatlari ham idrok qilinadi. K. insonning salohiyati, aql-zakovati, turmush tajribasi, umumiy saviyasi, ta- biat va jamiyatga nisbatan munosabati- ga bog’liq qonuniyat sifatida ijtimoiy hayotda vujudga kelaveradi hamda hukm suraveradi. Ergash G’oziev.