Karib dengizi
Karib dengizi, Karaib dengi- zi (indeyslarning Karib qabilasi no- midan) — Atlantika okeanidagi yarim berk dengiz. Markaziy va Jan. Amerika oralig’ida. Shim. va sharqdan katta An- til va kichik Antil o.lari b-n chegara- langan. Yukatan bo’g’ozi orqali Meksika qo’ltig’i, bo’g’ozlar orqali Atlantika oke- ani va Panama kanali orqali tinch oke- an b-n tutashgan. Mayd. 2777 ming km2. O’rtacha chuq. 2491 m, eng chuqur joyi 7090 m. Suvining o’rtacha hajmi 6860 ming km3. Qirg’oq chizig’i egri-bugri. G’arbida va Antil o.lari yaqinida marjon rif- lari bor. Sohili tog’li, ba’zi joylari pasttekislik. Eng katta qo’ltiqlari: Gonduras, Daren, Venesuela. Dengiz tu- bining relefi ancha murakkab: Grenada (4120 m), Venesuela (5420 m), Kolumbiya (4532 m), Yukatan (5055 m) kabi soyli- klar suv osti tizmalari va sayyozliklar orkali bir-biridan ajralib turadi. Yirik orollari: Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko. Dengiz tubining grunti ohakli balchiqdan, sayoz joylarda esa marjon cho’kindilaridan iborat. Iqlimi tropik iqlim, passat shamollari ta’si- rida. Havoning oylik o’rtacha t-rasi 23— 27°. Yillik yog’in sharqida 500 mm dan g’arbida 2000 mm gacha. Dengizning shim. qismida iyun — oktyabrda tropik dovul- lar bo’lib turadi. Oqim tezligi 1-3 km/ soat, Yukatan bo’g’ozida 6 km/soat. Suv yuza qismining oylik o’rtacha t-rasi 25-28°. Sho’rligi 36%o ga yaqin. Suvining ran- gi yashil va ko’k-yashil. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 1 m gacha). K. D.da akulalar, uchar baliqlar, dengiz toshbaqasi, kit va kashalotlar, Yamayka o. yaqinida tyulen, lamantin va ko’plab endemik hayvonlar yashaydi. K.D. muhim iqtisodiy va strate- gik ahamiyatga ega. Dengiz orqali tinch okean va Atlantika okeani portlarini bog’lovchi eng qisqa dengiz yo’li o’tgan. Eng muhim portlari: Marakaybo, La- Guayra (Venesuela), Kartaxena (Kolum- biya), limon (Kosta-Rika), Santo-domin- go (Dominikana Respublikasi), Kolon (Panama), Santyago-de-Kuba (Kuba) va b.