Kasanachilik
Kasanachilik — hunarmandlarning mehnat shartnomala- ri asosida yollanib o’z uyida ishlashi, yashash joyida i.ch. yoki xizmat ko’rsatish. K.da maxsus tashkilot va korxonalar b-n kelishuv, shartnoma asosida buyur- tmalar bajariladi. Jamiyatda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, qushimcha daromad topish, ish vaqtining qat’iy belgilanmaganligi, maxsus bi- nolarga ehtiyoj bo’lmasligi va b. K.ning iqtisodiy samaradorligini ta’minlay- Di. Rivojlangan mamlakatlarda K. keng ko’llaniladi. AQShda K. usulida ish- laydiganlar soni 5mln. kishidan ortiq (2000). Yaponiyada hatto elektrotexnika, elektronika, turizm kabi tarmoqlarda ham keng qo’llaniladi. K.da mehnat fao- liyati to’la bo’lmagan ish kuni turiga ki- radi. Oiladan, uy ishidan ajralib kor- xona, tashkilotlarda ishlash imkoniya- ti bulmaganlar va yordamchi daromadga muhtoj shaxslar uchun K. juda qulay hisoblanadi. K. o’ziga xos tashkil etish- ni talab etadi. Xom ashyo, materiallar- ni etkazib berish, tayyor-mahsulotlarni olib ketish, hisob-kitobning belgilan- gan vaqtda olib borilishi zarur shart hisoblanadi. K.ning, ayniqsa, qishloq joylarida uy-ro’zg’or ishlari, oilada bola tarbiya- si b-n band bo’lgan va yordamchi daromad- ga muhtoj ayollar uchun tashkil etilishi ahamiyatlidir. Shu b-n birga bunga no- gironlar ham jalb etilishi mumkin. Hunarmandchilikni rivojlantirish va oiladagi yoshlarni shogirdlikka jalb etishda qo’l keladi. O’zbekistonda mehnat resurslari, oila xo’jaligi tuzilishi, i.ch. vosita- lari sharoitlari K. rivojini ta’min- laydi. Hunarmandchilik, ayniqsa, igna ishi talab etuvchi tikuvchilik, kashta- chilik, mebelsozlik va b. uchun K. qulay. O’zbekistonda «Mahalla» jamg’armasi, respublika tovarlar ishlab chiqarish va tadbirkorlar palatasi mahallalarda K.ni rivojlantirish dasturlarini amalga oshiradi. Muxtor Rasulov.