Skiflar

Skiflar — qora dengizdan shim. g’arbda, Dunay va don, Dnepr va Dnestr daryolari quyi xavzalaridan to Volgaga qadar bo’lgan hududlarda yashagan chorva- dor aholi (mil. AV. 7—mil. 3-a.). Evro- Pa adabiyotida S. haqida shim. Eron til- larining turli lahjalarida so’zlovchi qabilalar sifatida tasavvur shakllan- gan. Aslida esa bu hududlarda skiflarga qadar yashagan kimmeriylar Eron zabon bo’lgan. Gerodotning yozishiga qaraganda, bu yurtlarga S. Osiyodan ko’chib kelganlar va erli aholining til muhiti ta’siri- da eronlashganlar. Asl vatani Volga- dan sharkda, ya’ni Osiyoning Qozog’iston cho’llari, Jan. Ural va Oltoy hamda Jan. Sibir hududlari bo’lib, skif qabilalari aslida turkiy tillarning turli lahjalarida so’zlashuvchi oriylar edi. Chunki, shu mintaqalar aholisining moddiy madaniyati va antropologik tipi jez davridan boshlab birbiridan farq qilmaydi. Ilk Shim. Xitoy podsholikla- ri (mil. AV. 2205-1766 y.larda «shya», mil. AV. 1766-1122 y.larda «Shong» sulolalari)dan kalgan yozma manbalarga ko’ra, «Di» turk so’zining xitoycha trans- kripsiyasidir. Ular Xitoydan shim.da va shim.garbda yashashgan. Kdd. Xitoychada «Bey» so’zi shim.ni ko’rsatgan. «Bey»ga «Di» qo’shilib, hosil bo’lgan «beydi» so’zi esa ilk Xitoy podsholiklari davri- da ulardan shim.da yashovchi chorvador tur- kiy tilli Hunnu qabilalariga nisbatan ishlatilgan. Demak, jez davrida Jan. Ural, Markaziy va Sharqiy Qozog’iston, Oltoy va Jan. Sibir mintaqalarida yashab, arxeologik adabiyotlarda Andro- Novo madaniyati nomi b-n yuritilgan qad. chorvador aholi turkiy zabon bo’lgan. S. Evrosiyo cho’llari aholisiga ellinlar tomonidan berilgan umumiy nom bo’lib, Eron manbalarida ularni saklar deb yuritilgan. Gerodot «forslar skiflarni saklar» deb ataydi deb yozadi. Soxillari Aholisiga skif atamasi ishlatilsa, O’rta Osiyo, Ettisuv va Qozog’iston cho’llari hamda tog’li Oltoy aholisiga nisbatan ko’proq sak atamasi ishlatilib kelinadi. Gerodotning yozishiga qaraganda, osiyolik S. dastlab shim. va Sharqiy qora dengiz sohillarini egallab, erli tub aholi — kimmeriylar ustidan o’z hukmronligini o’rnatgach, kimmeriy suvoriylarini Ki- chik Osiyoga quvadilar, so’ng Midiya, Su- riya va Falastin hududlarini, shim. Me- sopotamiyani egallaydilar. Mil. AV. 7-a. boshlarida Midiya davla- ti kuchayib, S.ni u erdan haydab chiqaradi. S. Qora dengizdan shim. va Sharqda, Dnep- rdan Dongacha bo’lgan cho’llarda o’rnashib, endi mahalliy kimmeriy qabilalari b-n ittifoqlikda yashay boshlaydilar. Ellinlar esa bu joylarni Skifiya deb ataydilar. Mil. AV. 7-a.da Skifiya juda katta siyosiyharbiy kuch edi. Gerodotning yozishicha, Doro boshliq qudratli Fors davlati mil. AV. 513 y.da S. ustiga yurish qilib, o’z maqsadiga erisha olmagan. AK- sincha S. axomaniylarga tobe erlarga javob hujumlari uyushtirib, ularni dahshatga soladilar. Barcha skiflarning tili, dini va urf odatlarining bir xil ekanligi manbalarda ta’kidlanadi. S. davlati mil. AV. 5-4-a.larda Azov dengizidan Dunay daryosigacha hududlarni birlashtirgan kuchli harbiydemokratik davlat bo’lsada, mil. AV. 3-a.ning oxirla- rida don ortidan kelgan sarmatlarning hujumi natijasida bir qism hududidan ajrab, ancha zaiflashadi. Mil. 1-a.ning 2-yarmida S. bir necha bor Bospor podsho- ligi b-n urushlar olib borib, o’zining avvalgi jangovarlik ruhini yo’qotadi va nihoyat mil. 3-a.da Skifiya gotlar to- monidan tugatildi. Xalqlarning buyuk ko’chishi davrida S. boshqa qabilalar tarkibiga singib, nafaqat mustaqillik, balki etnik xususiyatlarini ham yo’qotadilar. Ad.: Gerodot, Istoriya v devyati kni- gax, Per. s grecheskogo, t. 1, kn. 1-4, L., 1972; Grakov B. N., Skifi, M., 1971; gri- Gorev V. V., O skifskom narode sakax, SPb, 1871. Ahmadali Asqarov.