Sirdaryo

Sirdaryo — O’rta Osiyodagi eng uzun va Amudaryo’tn keyingi eng ser- suv dare. S. turli nomlar b-n atalgan. Kddim yunon tarixchilarining asarla- rida YAxartes (Yaksart), ba’zan, Tanais, zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda Danu, Xitoy transkripsiya- sida Yaosha, 10-a.da yozilgan geografik asar — «xudud ulolam»da Xashart, runiy (turkiy) yozuvlarida Enchuo’giz, Firdav- siyning «Shohnoma»sida va Hamdulloh Qazviniyning «Nuzhat ulqulub» asari- da Gulzarriyun, arablar kelgandan key- ingi ko’pgina solnomalarda Sayxun, Arab geograflaridan Ibn Xurdodbeh asarla- rida (9-10-a.lar) Xashart va Qanqar, Beruniy asarlarida Xasart shakllarida tilga olingan. Ayni vaqtda u qaysi er- dan oqib o’tishiga qarab Obi Farg’ona (yoki Farg’ona daryosi), O’zgan daryosi, Obi Xo’jand (Xo’jand suvi), Nahr oshshosh (Shosh daryosi), Banokat daryosi deb ham atalgan. «S.»atamasi dastlab Rim tarixchisi Pliniy asarida (mil. 1-a.) «Silis» sha- klida uchraydi. «Silis» yoki «sir» so’zi bu Daryo atrofida yashagan qabila nomidan olingan bo’lsa kerak. Farg’ona vodiysining Sharqiy chekka- sida, Baliqchi qishlog’i yonida Norin da- ryosi b-n Qoradaryo qo’shilgan joydan S. deb ataladi. O’zbekistonning Andijon, Namangan, Farg’ona, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Tojikistonning Sug’d viloya- ti va Qozog’istonning Jan. Qozog’iston va Kizilo’rda viloyatlari bo’ylab avval G’arb, Jan.G’arb tomon, so’ngra esa shim., shim.g’arbga oqib borib, Orol dengiziga quyiladi. Uz. 2272 km, Norin daryosining boshlanish joyidan -3018 km. Daryo havzasining maydoni taxm. 462000 km2, uning asosiy suv hosil bo’ladigan qismi esa 219000 km2. S. havzasining tog’li qismida Oqshiyraq, Bo’rqo’ldo’y, Otboshi, Olay, Turkiston va Nurota tizmalari bo’ylab, shim. da esa Terskay Olatovi bo’ylab oqadi. Tizmalarning cho’qqilari ko’pincha qor va muzliklar b-n qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik bo’lib, ularning umumiy mayd. 2200 km2dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham ko’p. Farg’ona vodiysida S.ning o’zani nis- batan chuqur, qayiri ham ancha pastda joy- lashgan. Farg’ona vodiysidan chiqaverish erida (Bekobod sh.dan 4 km yuqorirokda) S. Farhod GES uchun qurilgan to’g’on b-n to’silgan. Yilning ko’p qismida Daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod sh.dan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa «Do’stlik» kanali orqali Mirzacho’l erlarini sug’orishga sarf bo’ladi. Farhod GES to’g’onidan yuqorida Daryo o’zanida kattagina Farhod suv ombo- ri barpo etilgan. 1956 y. Xo’jand sh.dan 12 km yuqorida, S. o’zanida Qayroqqum suv ombori va «Xalqlar do’stligi» GES qurildi. Farg’ona vodiysi qismida S.ga juda ko’p irmoqkelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari o’ng tomondan — Chatqol va Qurama tog’tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, G’ovasoy, Chodak- soy, chap tomondan — olay va Turkiston tog’tizmalaridan suv oladigan Isfay- ramsoy, Shohimardonsoy, So’x, Isfara, Xo’jabaqirg’on va Oqsuv. Bu irmoqlar baland tog’lardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda Nishab oqadigan tog’Daryo- laridir. Ularning uz. 80-160 km, suv to’plash mayd. 400-2500 km2, o’rtacha yil- lik suv sarfi esa 10-15 m3/sek., So’x da- ryosiniki esa 40 m3/sek.dan bir oz ortiq. Suvi kam bo’lishiga qaramay bu daryolar Farg’ona vodiysidagi erlarni sug’orishda muhim ahamiyatga ega. Farg’ona vodiy- sidan chiqqandan so’ng S.ga chap tomon- dan hech qanday irmoq qo’shilmaydi, o’ng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. S.ning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq b-n Aris daryolari tog’dan oqib keladi. Tog’lardan chiqaverish erida Chirchiqdaryosining o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 227 m3/sek., Aris daryosiniki 65 mo’sek. Ohangaron daryosiniki 23 m3/ sek. Tog’lardan tekisliklarga chiqishi b-n daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sug’orishga olinadi. Ularning faqat sug’orishdan orttan suvlarigina S.ga kelib quyiladi. O’rta hisobda S. Su~ VIning 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi. Tog’larning pastki qismidagi mavsu- miy qorlar eriydigan apr. oyidan suv keskin ko’paya boshlaydi, bu ko’payish iyun oyining oxirlariga qadar davom etadi. Iyun oyida eng ko’p mikdor- da (yillik suv miqdorining 17%idan ziyodroq qismi) oqib o’tadi, iyuldan bosh- lab, yanv., Fev. oylarigacha daryoning suvi kamaya boradi. Kam suv oqish davri okt. oyidan may oyi oxirlariga qadar davom etadi, bu davrda o’rtacha oylik suv mikdo- ri 5-6% ni tashkil etadi. Eng ko’p suv sarfi may—iyun oylariga, eng kam suv sarfi esa yanv. — Fev. oylariga to’g’ri ke- ladi. Ko’p yillik (1910-75) kuzatish- larga qaraganda, Farg’ona vodiysi- dan chiqaverish erida (Bekobod sh. yaqinida) S.ning o’rtacha yillik suv sar- Fi 278— 1080 m3/sek. orasida o’zgarib turadi, o’rta hisobda esa u 568 m3/sek. ga (yoki yiliga kariyb 18 mlrd. m3ga) teng. Ohangaron va, ayniqsa, Chirchiq irmoqlarining sug’orishdan ortgan suv- lari qo’shilgandan so’ng, S.ning suvi an- chaga ko’payadi. Ko’kbuloq kuzatish st-yasi yonida (Chirchiq daryosi qo’shilgan joydan 27 km quyida) daryoning o’rtacha ko’p yil- lik suv sarfi 724 m3/sek. yoki yiliga 23 mlrd. m3ni tashkil etadi. Ko’kbuloqsan o’tgach, S.keng o’zanda yoyilib, osoyish- ta oqadi, shuning uchun suvi ko’proq bug’lanishga va qisman sug’orishga sarf- lanadi. Natijada Daryo suvi etagigato- mon kamaya boradi. Qizilo’rda sh.ga bor- ganda daryoning o’rtacha suv sarfi 673 m3/ sek.ga, g’azali sh.ga etganda 492 m3/sek.ga va nihoyat, Orol dengiziga borganda 420 m3/sek.ga tushib qoladi. Sirdaryoning eng ko’p suv sarfi Beko- bod sh. yaqinida ko’pincha 1500-2000 m3/ sek.o’rtasida bo’ladi, eng ko’p suv sarfi 3340 m3/sek.ga etgan yillar ham bo’lgan (1934 y. 17 iyunda). Eng kam suv sarfi 150 m3/sek., hatto undan ham kamroq bo’lishi mumkin. Farg’ona vodiysidan chiqish eri- dan Chirchiq daryosi kelib quyilgan joyga qadar S. kengligi 15 km gacha bo’lgan keng vodiyda oqadi. Daryoning qirg’oqlari yotiq, qayiri keng. Shu sababdan kam suvli yillarda Daryo eni 0,3—0,5 km bo’ladi, sersuv yil- larda esa ayrim joylarda 5-7 km, hatto 11 km ga qadar toshib chiqadi. Daryo o’zani egribugri va ko’p joylar- da orollar hosil qilib, tarmoqlarga ajralib ketgan. Yumshoq jinslardan tuzilganligi sababli Daryo qirg’oqlari ko’pincha o’pirilib tushib, jarlik tusi- ni olgan. 1964 y.da S.ning bu qismida (Chordara qishlog’i yonida) katta to’g’on qurilib, Chordara suv ombori barpo etil- gan. Suv ombori yonida quvvati 100 ming kVt ga teng bo’lgan GES ham qurilgan. To’menariq qishlog’idan quyida daryoning irmoklari pasaya bo~ rib, Delta qismiga kelganda (g’azali sh.dan o’tgandan so’ng) deyarli suv sathi b-n tenglashib qoladi. Qizilo’rda sh.dan bir oz yuqorirokda S.da suv ko’targich to’g’on qurilgan. Bu to’g’on daryoning o’ng va chap sohillaridagi sug’orish kanallariga suv chiqarib bera- Di. To’menariq b-n Jusali t.y. stantsiyala- ri oralig’ida Sdan bir qancha tarmoklar ajralib chiqadi. Ulardan eng ko’hnasi Qizilqum cho’llari oralab ketgan janada- ryo b-n Quvondaryo tarmoqlaridir. Bir za- monlar suvga to’lib toshgan bu tarmoqlar allaqachon qurib bitgan. Faqat keying yillarda ularning ayrim qismlari to- zalanib, sug’orish kanallariga aylan- tirildi. Ko’ksuv, Chiyli, Savramboy, Chirkeyli va Qorao’zak tarmoklari hoz. mavjud tarmoqlardir. Bulardan engyi- rigi — Qorao’zak tarmog’i Sdan Qorao’zak t.y. stantsiyasi yonida ajralib chiqadi va 131 km oqib borgach, Jusali t.y. stantsiya- si yonida yana S.ga qo’shiladi. Hoz. vaqtda Qorao’zak daryoning bosh o’zaniga aylan-gan, Daryo suvining ko’p qismi shu tarmoq orqali oqadi. Qorao’zakdan boshqa tar- moklari ham muhim xo’jalik ahamiyatiga ega. S.ning quyi oqimidagi 70 ming ga dan ortiqroq erni sug’oradigan 400 ga yaqin ariqkanallar ana shu tarmoklardan suv oladi. S. ancha loyqa daryodir. Bekobod sh. yaqinida uning xar 1 m3 suvida o’rta hisobda 2,17 kg loyqa oqiziq bo’ladi (oqiziqlarning yillik miqdori qariyb 37 mln. t). Bu oqiziqlarning 72,3% mart — iyun oylarida, 20,3% iyul — sent. va qolgan 7,4% okt. — Fev. Oylarida oqib o’tadi. Farg’ona vodiysida S. deyarli muz- lamaydi. Daryoning bu qismida muzlash hodisalari, asosan, shovush oqimidan iborat bo’lib, bu hodisa o’rta hisob b-n 10-15 kun davom etadi. Farg’ona vo- diysidan chiqib, shim.ga tomon brogan sari S.ning oqish tezligi susayib, suv- ning yoppasiga muzlashi kamdankam sodir bo’lsa, etak qismida (g’azali sh. yonida) Daryo 80-140 kun davomida qalin muz b-n qoplanib yotadi. S. va uning ko’pchilik irmog’ida qurilib ishga tushirilgan gidrotexnik inshootlar, ayniqsa, yirik to’g’onlar, suv omborlari, kattakatta kanallar va kol- lektorlar ta’siri natijasida S.ning oqim mikdori va gidrologik rejimi ancha o’zgardi. Mac, keyingi yillarda- gi kuzatish ma’lumotlariga qaraganda, S.ning o’rtacha yillik suv mikdori Xo’jand yaqinida 476 m3/ sek. ga, Daryo- ning etak qismida (g’azali sh. yonida) esa 158 m3/ sek.ga, tushib qolgan. S. havzasida obikor dehqonchilik juda qadimdan mavjud bo’lgan. Lekin, 20-a. ning 2o’n yilligigacha o’zlashtirilgan erlar, asosan, Farg’ona vodiysi b-n tosh- kent vohasida bo’lgan. Bu erlar S.ning Farg’ona vodiysidagi irmok/tshridan suv oladigan Andijonsoy, Shaqrixonsoy, Quvasoy. Marg’ilonsoy, Oltiariqsoy hamda Chirchiq va Oqangaron daryolaridan chiqarilgan Zaxariq, Qorasuv, Bo’zsuv, Tanachibuqa va Yordon kabi qad. kanal va ariqlar orqali suv olgan. 1920 y.da S. havzasida hammasi bo’lib 1200 ming ga chamasida er sug’orilgan. Sug’oriladigan erlar maydonini ken- gaytirish va ularning suv ta’minotini yaxshilash borasida keyingi 60 yil da- vomida katta suv xo’jalik qurilish ish- lari amalga oshirildi: Andijonsoy, Shahrixonsoy, Qorasuv va Bo’zsuv singa- ri qad. kanallarni yangilash va kengay- tirish b-n birga S. havzasida murakkab gidrotexnik inshootlar sistemasiga ega bo’lgan katta Farg’ona, shim. Farg’ona, Jan. Farg’ona, katta Andijon kanalla- ri, Oxunboboev nomli kanal kabi o’nlab yirik va yuzlab kichiroq ariqkanallar qazildi. Natijada S. havzasidagi ariqkanallarning umumiy uz. qariyb 65 ming km ga etdi. Bu kanallarga muttasil suv berib turish uchun Sirdaryo va uning irmoklarida juda ko’p to’g’on va gidro- tugunlar qurilgan. Norin daryosidagi Uchqo’rg’on, Qoradaryodagi Kampirravot, Teshiktosh, Kuyganyor, S.dagi Farhod Qizilo’rda va g’azali gidrouzellari shu- lar jumlasidandir. Yildan yilga tobora ko’proq erlar sug’orilishi natijasida ayrim pastqam joylarni sho’r va botqoq bosa boshla- Di. Ana shunday joylarning zaxini qochirish va yig’ilgan sizot suvlar b-n sug’orishdan ortgan partov suvlarni da- ryolarga tashlash maqsadida S. havzasida 300 dan ortiq kollektor va zovurlar ham qazilgan (32 ming km). Eng yirik kollektorlar shim. Bag’dod, So’xIsfara, Sarijo’ga, Sariqsuv, Yozyovon, Ulugnor, Zambarko’l, Sho’rko’l, Asaka, Sho’ro’zak, Markaziy Mirzacho’l va Qorasuv. Suv xo’jaligi sohasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida (1970 y.lar oxi- rida) S. havzasida sug’orilayotgan erlar mayd. 2,4 mln.ga dan ortib ketdi (2001 y.da 2887 ming ga). S. havzasidagi sug’oriladigan erlar- da, asosan, paxta ekiladi. Shuningdek, don, sabzavot, meva va poliz ekinlari ham etishtiriladi. Norin daryosida ul- Kan To’xtag’ul suv ombori, Qoradaryoda Andijon suv ombori, Chirchiqda Chorvoq suv ombori, S.da Qayroqqum suv ombori qurildi, katta Namangan va Qizilqum kanallari kabi magistral sug’orish ka- nallari qazildi. S, ayniqsa, uning baland tog’lardan oqib tushadigan irmoklari katta gidroe- nergetika zaxirasiga ega. Ularning umu- miy potentsial gidroenergetika zaxira- si kariyb 22 mln. kVt. Bu havzada 63 GES qurilgan. Ularning umumiy quvvati 2,8 mln. kVt. S. va uning irmoqlari ko’plab qishloq va shaharlarni, Farg’ona vodiysi, tosh- kent, Chirchiq, Bekobod va Kizilo’rda kabi shaharlardagi yirik z-D va f-kalarni, ko’p sonli sanoat korxonalarini suv b-n ta’minlaydi. Daryoning uning qayirida qoldiq o’zanlar o’rnida hosil bo’lgan ko’pgina ko’llar b-n birgalikda O’zbekiston va Jan. Qozog’istonda baliqchilikning ri- vojlanishidagi ahamiyati ham katta. Bu sohada, ayniqsa, S.ning quyi oqimi va, shuningdek, Bekobod, Dalvarzin va Ar- nasoy atrofidagi ko’llar muhim, S.ning quyi qismi baliqchilikda alohida o’rin tutadi, u ilgari Orol dengizida ovla- nadigan osyotr, moybaliq, so’vyan, to’rta baliq, sazan va vobla kabi qimmatbaho baliklarning asosiy urchish joylaridan biri edi. S.da 40 dan ortiq baliq turi yashaydi. Ad: Shuls V. L., Mashrapov R., O’rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969; Zaxidov A. 3., Vodoxozyaystvennie sistemi Sredney Azii, T., 1971.