Suv ta’minoti

Suv ta’minoti – aholini, ja- moat binolari va sanoat korxonalari- ni, transport, qishloq xo’jaligi. va b.ni suv bilan ta’minlashga oid tadbirlar majmui. S. t. bir necha ming yillardan beri ma’lum. Qad. Misrda er osti suv- larini juda chuqur quduklar qazib, od- diy mexanizm bilan chiqarishgan. Bunda sopol, yog’och, metall (mis va qo’rg’oshin) quvurlaridan foydalanishgan. Qad. Rim- da yirik markazlashtirilgan S.t. tizimi bo’lgan. O’rta Osiyoda St. mil. AV. 6-5- a.lardan ma’lum. Qadimgi Samarqand shaxri S.t.da shaharga kiraverishda katta to’g’on qurilgan, uning ustidan shaharga katta ariqo’tkazilgan. Ariq izlari hozir ham mavjud (q. Afrosiyob). S.t.da qo’llaniladigan muhandislik inshootlari kompleksi st. tizimi yoki vodoprovod deb ataladi. Aholi yashaydi- gan punktlardagi barcha S.t. tizimlari markazlashtiriladi. S.t.ning kommunal (jamoat binolari va aholini suv bilan ta’minlaydigan) hamda ishlab chiqarish. (sanoat yoki q.h.ni suv bilan ta’minlay- digan) xillari bor. S.t.da tabiiy suv manbalari — ochiq havzalar (Daryo, ko’l, dengiz, suv ombori va b.) hamda er osti suvlari (buloqlar, artezian suvlari va b.)dan foydalaniladi. Aholi eg’tiyoji uchun eng yaroqli suv — er osti suvlari- dir. Lekin er osti suvlari aholining ehtiyojini to’liq qondira olmaydi. Shu- ning uchun yirik shaharlar va sanoat korxonalari chuchuk suvli ochiq havzalar suvidan ta’minlanadi. S.t.ning umumiy sxemasi: suv qabul qilish inshooti 1, I nasos st-yasi 2, suv tozalash inshootlari 3, toza suv rezer- vuari 4; II nasos st-yasi 5, suv yo’llari 6 (quvurlar, beton ariklar va b.), vodo- provod tarmog’i 7 va bosim minorasidan iborat. Mahalliy sharoitga qarab, st. sxemasi o’zgarishi mumkin. Mac, havza suvini tozalashning keragi bo’lmasa, suv tozalash inshootlarini qurishga ehtiyoj qolmaydi. Agar suv havzasi suv bilan ta’minlanadigan ob’ektdan ba- Land joylashgan bo’lsa, nasos st-yalari qurilmaydi. Er osti suvlarini chiqarish uchun quvurli quduklar va gorizontal suv yig’gichlardan foydalaniladi. Buloq suvlari kaptaj inshootlari (g’ishtin idishla’r, kameralar va b.)ga yig’iladi. Ko’pincha, er osti havzalaridagi suv nasos yordamida yuqoridagi idishga to’planadi, u erdan nasos stantsiyasi yordamida is- te’molchilarga yuboriladi. Nasos st- yalari, odatda, markazdan qochma nasoslar, rostlash, saqlash va nazorato’lchash appa- ratlari bilan, ko’plari teleboshqarish qurilmalari bilan ta’minlanadi, ba’- zilari to’liq avtomatlashtiriladi. Tozalash inshootlarida tozalangan suv vodoprovod tarmog’i orqali iste’- molchilarga tarqatiladi. Sanoat korxo- nalarida (ma’lum sharoitda) S.t.ning aylanma va ketma-ket foydalanish ti- zimlari qo’llaniladi. Aylanma tizimda ishlab chiqarish.da ishlatilgan suvni sovitib, tindirib, tozalab, undan yana foydalaniladi. Ketma-ket foydalanish tizimi bir korxonada ishlatilgan suv- dan boshka bir korxonada foydalanishni ko’zda tutadi, natijada suv ancha tejala- Di. Aholi yashaydigan punktlar, asosan, mahalliy suv havzalari suvi bilan ta’- minlanadi. Mac, Toshkent shaxri Chirchiq, Bo’zsuv va b. tabiiy suv xavzalaridan suv ichadi. Toshkentning St. markazlashti- rilgan, ya’ni barcha st. tizimlari bir- biriga ulangan. Aholiga beriladigan suv sifati kat’iy sanitariya ko’rigidan o’tkazib turiladi. Bu ish shahar va tuman sanepidstantsiyalari zimmasiga yuklan- gan. Q.x.ning suvga bo’lgan ehtiyojlari, daryolar, kanallar, suv omborlari, kol- lektorlar, novlar, suv tarqatish inshoot- lari, nasos st-yalari va b. sug’orish maj- mualari orqali qondiriladi.