SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR

SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga o’tgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga o’tish bilan S va q.ya.ning tuzili- shi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga o’shii bilan uzun naysimon suyaklar paydo bo’lishi oyoqlarning vujudga keli- shiga sabab bo’lgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — o’pkaning ri- vojlanishiga, qon aylanishi, nerv si- stemasi va sezgi organlarining takomil- lashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga S. va q.ya. skeletida tog’ayning ko’p bo’lishi, nafas olish, qon aylanishi, ay- irish, nerv sistemasi va b. organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kamera- dan, qon aylanish sistemasining bir do- IRAdan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini ko’rsatadi. Ko’pchilik S. va q.Ya.ning hayoti voyaga etgan davrida xam suv bilan bevosita bog’liq. S. va q.ya. yuqori devon davrida qadimgi panja qanotli baliqlardan ke- lib chiqqan; ular baliqlar bilan haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar (amniot- lar) o’rtasida oraliq o’rinni egallay- Di. Stegosefallar deb atalgan qadimgi S va q.ya. bosh qutisi skeleti 1 m gacha bo’lgan. Ular karbon ning o’rtalarigacha quruklikda yashovchi yagona umurtqalilar bo’lgan. Karbon davri oxiridan bosh- lab quruqlikda sudralib yuruvchilar hukmronlik qila boshlagan. Hozirgi Su- dralib yuruvchilar yura davridan ma’lum. Hoz. S. va q.ya. tanasi uz. 2-3 sm dan 1,8 m gacha. Terisi yumshoq va yupqa bo’lib, shilimshiq bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan doimo ho’llanib turadi. Teri gaz va suv almashinuvi vazifasini ham bajaradi. Terining bu xususiyati ularning quruklik muhitiga to’liq mos- lanishiga imkon bermagan. Bir qancha tur- lari terisida zaharli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlar ham bo’ladi. S. va q.ya. hrz. quruqlikda yashovchi umurtqalilar orasida eng sodda tuzilgan bo’lib, ske- letida tog’aylar ko’p. Oldingi oyokdari, odatda 4 barmokli, keyingisi — 5 bar- mokli. Dumli S. va q.ya.dan sirenlar- ning keyingi oyoqlari, oyoqsizlarning ikkala juft oyoqlari, ko’krak qafasi bo’lmaydi; og’iz bo’shlig’i tubidagi mu- skullarning qisqarishi tufayli havo o’pkaga o’tadi. Ayrim salamandralarda o’pka bo’lmaydi. Miyacha kuchsiz rivoj- langan. Dumsiz S. va q.ya.da o’rta quloq va nog’ora pardasi rivojlangan. Yuragi 3 kamerali, o’pkasiz S. va q.ya. yuragi 2 kamerali. Chal yurak bo’lmasiga arteriya qoni, o’ng yurak bo’lmasiga vena qoni va teridan arteriya qoni keladi. Arteriya va vena qoni yurak qorinchasida aralashib ketadi. Gavdadagi boshdan boshka barcha organlar aralash qon bilan ta’minla- nadi. Buyragi ko’pchilik baliklarnikiga o’xshash tana buyrak (mezonefros); buyrak va jinsiy bezlar yo’li kloakaga ochila- Di. S. va q.ya. — gavda harorati o’zgarib turadigan (poykiloterm) hayvonlar. Hoz. S. va q.ya. 3 turkum 25-30 oilaga mansub 400 ga yaqin turni o’z ichiga ola- Di. O’zbekiston hududida dumsizlar tur- kumiga mansub 2 turi (baka va qurbaqa) tarqalgan; dumlilar turkumidan tri- tonlar akvariumlarda boqiladi. S. va q.ya., asosan, suvda ko’payadi. Ko’pchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi urug’lanish, ko’pchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urug’lanish xos. Odatda, tuxum qo’yadi; ayrim tur- lari tirik tug’adi yoki tuxumdan tirik tug’adi. Lichinkasi voyaga etgan davridan keskin farq qiladi (ayniqsa, dumsizlar itbalig’i); metamorfoz orqali rivoja- nadi. Ayrim kurukdikka tuxum ko’yuvchi dumsizlar metamorfoz rivojlanadi. Dumlilarning ayrim turlari (akso- lotl, Alp tritoni va b.) uchun neoteniya (voyaga etmasdan ko’payish) xos. Voyaga etgan S. va q.ya. har xil umurtqasizlar, asosan, hasharotlar, itbaliqlar, mikro- skopik xdyvonlaar va o’simliklar bi- lan ozikdanadi. S. va q.ya. zararkunanda ekosistemalarning asosiy komponenta bo’lib, ko’pchilik umurtqasizlar sonini- cheklab turishdag’amdaboshkaxayvonlarga oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Dumsizlarning ayrim turlari (mas, baqalar) bir qancha mamlakatlarda is- te’mol qilinadi. Ayrim S. va q.ya. lab. hayvonlari sifatida ahamiyatga ega. Suv havzalarining ifloslanishi tufayli ayrim turlari soni kamayib bormoqda. 41 turi va kenja turi xalqaro qizil ki- tobga kiritilgan. Ochil Mavlonov.