Sulfida, tabiiy sulfidlar
Sulfida, tabiiy sulfidlar — minerallar sinfi, metallar- ning oltingugurtli aralashmasi. S. Er po’stining 0,15%ga yakinini tashkil ki- lib, 200 dan ortiq mineral turini o’z ichiga oladi. S.ga tabiiy selenidlar, telluridlar, arsenidlar g’amda antimo- nidlar va vismutidlar yaqin. S.da asosiy tur hosil qiluvchi elementlar Pb,Cu, Sb, As, Ag, Bi, Fe, Co va Ni o’nlab mineral turlari tarkibiga kiradi. Zn, Cd, Mn, Ge, Sn, Tl, Mo, Hg lar kam turli birikma- lar bersada, bularning ichida ham sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan va keng tarqalgan muhim minerallar — sfalerit (ZnS), molibdenit (MoS2), kinovar (HgS^ap uchraydi. S.da izomorf aralashmalar holida uchraydigan elementlarga Ai, Ag, Ga, Ge, In, Tl va Re lar kiradi. H2S (Mae As2S, R5)ning hosilasi bo’lgan oddiy Sdan tashqari H2S2 (mas, G’e82) ning hosilasi Pers ulfidl ar; murak- kab sulfidlar (mas, Pb5Sb4Sn) va sul-fasollar [AsS]3~, [SbS3]3~ anionlari bilan; qo’shaloq sulfidlar (mas, xalko- piritlar) ham mavjud. S.ning Kristal- lokimyoviy ma’lumotlariga asoslangan zamonaviy tasnifida, asosiy kimyoviy tiplari orasida kichik sinflar mavjud bo’lib, ulardan struktura tiplariga mos bo’lgan guruhlar farq qilinadi. S.ning eng muhim guruhlariga: koordinasion S.ning kichik sinfiga — galenit PbS, sfalerit ZnS, pirrotin Fe,_xS, pentlan- dit (Fe,Ni)9Sg, kubanit CuFe2S3 xalko- pirit, bornit Cu5FeS4 va b. guruxlar; S.ning sinchl i kichik sinfiga — Argen- tit As2S, xira rudalar guruhlari; S.ning halqali kichik sinfiga — realgar AsS guruhi; orolli kichik sinfiga — pirit FeS2, kobaltin CoAsS — arsenopirit FeAsS va b. guruxlar; S.ning zanjirli kichik sinfiga antimonit Sb2S3, Mille- rit NiS, kinovar HgS guruhlari; S.ning qatlamli kichik sinfiga — molibdenit MoS2, auripigment As2S3, kovellin CuS va b. guruxdar kiradi. S.ning kattikligi 2— 4, katlamli Sda 1-2 gacha (molib- denit, kovellin va b.), persulfidlarda esa 5— 7 gacha (pirit va b.). Zichligi 4 g/ sm3dan ortiq. S. Er yuzida oksidlangan- da osonlik bilan sulfatlarga, sunfa gidroksidlarga, karbonatlarga, ba’zan sof tug’ma elementlarga (mas, Si, Ag) aylanadi. Kuplab S. muhim rudali mi- nerallar bulib, rangli, og’ir, kamyob va tarqoq metallar, ularning qotishmalari va birlashmalari olinadigan xom ashyo hisoblanadi. S.ning elektrofizik, jum- ladan, elektrooptik va yarimutkazgich- lilik xususiyatlari tufayli ulardan, Ikdetektorlarning sezuvchan element- larini, yarimo’tkazgich va elektrooptik qurilmalarni i. ch. da foydalaniladi.