Sulfatlar, tabiiy sulfatlar

Sulfatlar, tabiiy sulfatlar — sulfat kislotasining tabiiy tuz- laridan iborat minerallar sinfi. 190 ga yaqin minerali bor; ammo barqaror va keng tarkalgan S. soni er pustila nis- batan kam (angidrit, barit, gips, tsele- Stin, alunit, mirabilit va b.). S. massa- si bo’yicha er po’stining 0,1%ni tashkil qiladi. Kimyoviy jihatdan S. oddiy suvsiz tuzlardan yoki ko’p qismi oddiy va kristallangan suvli yoki qo’shimcha anionli qo’shaloq tuzlardan iborat. Oddiy tuzlar uchun ularning umumlash- gan formulasi Am[SO4]pZqxH2O va qo’shaloqtuzlar uchun AmBJSOJpZqxH2O, bunda A va V — kationlar, Z — esa qo’shimcha anionlar (Yun], SG, [SO3]2, RO43′). Muxim turlarni yuzaga keltiruv- chi kationlar S.da: G’e (ayniqsa, G’e3Q), Naq, KQ, Si2q, Md2q, Al3Q, Sa2Q, Pb2Q, Va2q. S.ning asosiy struktura birligi — tetraedr [SO4]2~. S. kimyoviy xom ashyo, ba’zan metall rudasi. [SOJ2~ anionlari doim boshka kationlar va ani- onlar bilan ajralgan holda bo’ladi, shu- ning uchun S. orasida orolli struktura ko’proq bo’ladi. S. strukturasi bo’yicha orolli, xalqali, zanjirli, qatlamli va b. S.ning kristallari izometrik ga- bitusga ega. Rangi ionxromoforlarga, mineral qo’shimchalar va strukturalar nuqsoniga bog’liq. S.ning zichligi 1,5— 6,9 g/sm3, suvda tez eruvchan. Qattiqligi kam, 3,5 dan oshmaydi. Deyarli barcha S. katta suv havzalaridagi sedimentoge- nezda va gipergenez zonalarida xrsil bo’ladi. S. gidrotermal konlarda barit, ba’zan suvsiz S. — angidrit, tselestin va anglezit holida uchraydi. Ko’plab S. mas, gips, broshantit, yarozit, kuporoslar vulkanlarning solfatar harakatlarida (mas, alunit) sulfid konlarining OK- sidlanish zonasida hosil bo’ladi; ba’zi kam uchraydigan S. (mas, xalkopirit) fumarol harakatlar natijasida paydo bo’ladi. S. kimyo sanoatida metallar (va, Sr, R,A1) olish uchun xom ashyo sifatida; burg’ilashda — gilli eritmani (barit) og’irlashtirishda; rezina, qog’oz, lokbo’yoq, shakar sanoatida; oyna va keramika ish- lab chiqarish.da; qurilish ishlarida tsement (gips va angidrit) tayyorlashda, farmasevtika, charm, to’qimachiliqda keng qo’llaniladi. Ba’zi Sdan kaliy o’g’itlari olishda foydalaniladi. O’zbekistonda gips va angidritning Xo’jako’l (Qoraqalpog’iston), Sharg’un (Surxon- Daryo viloyati), Qamishboshi (Farg’ona viloyati), Qo’ng’irtog (Samarqand VI- loyati) va mirabilitning Tumruq (Qoraqalpog’iston) konlari mavjud.