Sulavesi

Sulavesi, Tselebes Malay arxi- pelagining yirik orollaridan biri, Katta zond o.lari tarkibida, Indoneziya hududi. Mayd. 170 ming km2. Granit va gneyslardan, mezozoy ohaktoshlari, yosh cho’kindi va vulkan jinslaridan tuzil- gan. Relefi tog’li, eng baland joyi — 3440 m (Rantekombola tog’i), Minaxasa ya.o.da Klabat va Soputan harakatdagi vulkanlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, shim.da ekvatorial iqlim. O’rtacha oylik tralar 25 — 27°, yillik yog’in 2000-2500 mm. Sernam tropic o’rmonlar, Jan.da baland bo’yli o’tli sa- vannalar bor. Bir nechta qo’riqxonalar tashkil etilgan. Foydali qazilmalardan temir va nikel rudalari topilgan. Ko- kos palmasi, kofe plantasiyalari bor, sholi, batat, ziravorlar etishtiriladi. Baliq ovlanadi. S.da 1ming yillik oxi- ridan 17-a.gacha Bone, Gova, Lulu kabi davlatlar bo’lgan. 17-a.dan 20-a. boshla- rigacha golland mustamlakachilari qo’l ostida edi. 1949 y.dan Indoneziya tarki- bida.