SULAYMON I QONUNIY

SULAYMON I QONUNIY (Suleyman I Kanuni), Sulaymon Buyuk (1495.27.4—1566.6.9, Sigetvar) — turk sultoni (1520-66). Uning davrida US- monli turk imperiyasi hududiy jihatdan o’zining eng yuksak cho’qqisiga etgan. 1521 y. Belgrad zabt etilgan, Moxach jangi (1526)dan so’ng Vengriyaning katta qismi, 30y.larda Iroq, Rodos o. va Egey arxi- pelagining boshqa orollari, Tripoli- Taniya, Jazoir va b. xududlarni bosib olgan. C.I Q. Zakavkazega egalik qilish uchun Eron bilan uzoq kurash olib bor- gan. Uning davrida ma’muriy tuzilish va moliya ishlari, ayrim viloyatlarning mavqei, harbiylen tizimini tartibga so- lish, er egaligi shakllari, aqolidan oli- nadigan soliklar va dehqonlarni erga biriktirib qo’yish g’aqida qonunnoma joriy etilgan. Masjid, saroy, qal’alar va b. qurilishlarga katga e’tibor bergan. Me’mor Sinon qurgan binolar ayniqsa mashhur. S. I Q. Vengriyaga qilingan yurish chog’ida vafot etgan. Li.: Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963.