Stratiform konlar
Stratiform konlar – foyda- li qazilmalarning vulkanogencho’kindi va qatqatli cho’kindi tog’jinslari qalin qatlamlaridagi bir yoki bir necha stratigrafik gorizontda to’plangan uyumlari. S.k. singenetikmagmatik va epigenetikpostmagmatik yo’llar bi- lan xreil bo’ladi. Karbonatli jinslar qatlamlaridagi qo’rg’oshinrux (AQSh, Missisuri shtatidagi konlar) hamda qumtosh va slanes qatlamlaridagi mis konlari (Qozog’iston, Jezqazgan koni) S.k. uchun xarakterli. S.k.da qatlam ta- nalari o’zini sig’dirgan va ular bilan muvofiq yotgan tog’jinslariga nisbatan ko’p. Ular rudalarning oddiy mineral tarkibi bilan farq qiladi, bu esa ruda- li jinslarning bir yoki bir nechta kat- lamlarida mis, rux, qo’rg’oshin sulfid- larining xolxolligi va hamroh mine- rallarning miqdoriga bog’liq. S.k. katta hajmdagi keng qamrovli rivojlanishga ega bo’lib, bepoyon rudali r-nlar va Pro- vintsiyalarda shakllanadi (mas, Missisi- pi vodiysidagi qo’rg’oshinrux konlari). «S.k.»termini, ushbu konlarning paydo bo’lish muammosi yuzasidan 1969 y.da NyuYorkda o’tkazilgan konferentsiyada qabul qilingan. O’zbekistonda S.k. si- rasiga Uchquloch (shim. Nurota tizmasi), Sarikon, Konjaylov (Chatqol tizmasi) kabi qo’rg’oshinrux konlari kiradi.