Stratifikasiya

Stratifikasiya (lot. stratum to’shama, qatlam, va facio — bajaraman) — 1) o’simliklar urug’ (danak) lari unib chiqishini tezlashtirish uchun nam muhitda saqlash, urug’larga ekishdan ol- din ishlov berish usuli. Asosan, mevali, manzarali, o’rmon daraxtlari, butalari, ayrim dorivor o’simliklar urug’lari (da- naklari) uchun qo’llaniladi. S. uchun qum, qipiq, torf uvoqlari va b. ishlatiladi. Maxsus chuqur yoki yashiklarda urug’ (da- nak) lar nam qum bilan aralashtirilib 3-5° haroratda saqlanadi. Olma va nok urug’lari 120-130, yong’oq, pista va bo- dom 45-60, behi urug’i 60-70, shaftoli va o’rik danagi 90-100, tog’olcha danagi 150— 200, olcha va gilos danagi 200— 250 kun S. qilinadi. Olma, nok, behi, bodom, yong’oq va b. meva urug’lari okt.— noyab.da ekilganda, bahorgacha S. dav- rini erda o’tkazib, yaxshi unib chiqishi ham mumkin. Tog’olcha, olcha, gilos va b. mevali daraxt danaklari esa S. davri- ni to’liq o’tkazishi uchun mevadan ajra- tilgach, qumlanib, kuzgacha saqlanadi; 2) atmosferadagi muvozanat shartlarini belgilovchi havo t-rasining vertical bo’yicha taqsimlanishi; havoning verti- kal siljishi ortishiga yoki kamayishiga yordam beradi. Noturg’un S.da balandlik oshishi bilan tra pasayadi, bu atmosfera konventsiyasiga imkon beradi.