ZELYONAGURA

ZELYONAGURA – Polshaning g’arbidagi shahar. Zelyonagura voyevodasining ma’muriy markazi. Aholisi 118,2 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (teplovoz, vagon, elektrotexnika uskunalari, to’qimachilik mashinalari, po’lat konstruktsiyalar), to’qimachilik, farmasevtika, oziq-ovqat, mebel va boshqa korxonalari bor. Shaharga 13 asr asos solingan. 15— 17 asrlarga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan. Zamonaviy qo’shiqlar festivallari o’tkaziladi.