Saraevo

Saraevo — Bosniya va Gersegovi- na poytaxti. Tog’oralig’idagi soylik- da, Milyaska daryosi bo’yida joylashgan. Aholisi 360 ming kishi (1997). Trans- port yo’llarining muhim tuguni. Aero- porti xalqaro ahamiyatga ega. Mamla- katning yirik savdo va sanoat markazi. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, elek- trotexnika, radioelektronika), kimyo, to’qimachilik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, gilam to’qiladi. Fan va san’at akademiyasi, un-t (1946), ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, kartinalar galereyasi, muzey vateatrlar bor. Turizm markazi. Shahar yaqinida Ilija kurorti joylash- gan. Shahar 1244 y.dan Vrxbosna nomi b-n ma’lum. 1435 y.dan Usmonli turklar qo’l ostida bo’lgan. 1507 y.dan S. (turkcha Saray — saroy) deb atalgan. S.da Sharq me’morligi uslubida kurilgan Xisrav- bek masjidi (1531), Aliposhsho masjidi (1561) saqlangan. Zamonaviy ma’muriy va turar joy binosi ko’p. S. kishki sport o’yinlari markazi. 1984 y.da 14qishki Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.