Sarv

Sarv (Cupressus) — sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli o’simliklar turkumi, bir uyli, doim yashil manzarali daraxt va butalar. Evrosiyo, Shim. Ame- Rika, shim. Afrika, Jan.Sharkiy Osi- yoning subtropik mintaqalarida 15 turi tarqalgan. Qrim, Kavkaz va O’rta Osiyoda 11 turi matsharali daraxt si- fatida o’stiriladi. Bo’yi 30 m dan ortiq, tanasining diametri 50— 60 sm, 200-300 yil, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 2000 y.gacha yashaydi. Urug’kurtagi kup. Tupguli 2-yili etiladi. Igna- barglari yashil yoki havorang. Po’stlog’i qalin, qoramtirqo’ng’ir. Ko’proq doim yashil S. turining piramidasimon (S. sempervirens) xili ko’p ekiladi. Man- zarali bog’dorchilikda ekiladigan xil- lari kup. Urug’idan, manzarali xil- lari qalamchasidan va payvand qilib ko’paytiriladi. Ignabarglari va Nov- dalaridan tibbiyotda qo’llaniladigan efir moyi olinadi. S. turlaridan ihota o’rmonlar, istirohat bog’lari barpo etishda foydalaniladi. Yog’ochi mebel sanoatida ishlatiladi. Chiroyli shaklda o’sishi tufayli Sharq she’riyatida Majo- ziy ma’noda sarvqomat yor obrazini tas- virlashda ko’p qo’llanilgan. Abdushukur Xonazarov.