SARMISHSOY RASMLARI

SARMISHSOY RASMLARI — Qoratog’ (Navoiy viloyati)ning Jan. yon bag’ridagi Sarmishsoy darasi qoyatoshlariga o’yib ishlangan rasmlar. 1958 y.da X.Muhamedov tomonidan to- pilgan. 1966 y.dan i.t. ishlari olib borilmoqda (dastlab N. Toshkanboev, keyinrok, A. Kabirov, 1960—70y.lar; 1993 y.dan M. Xo’janazarovvab.). Mil. AV. 4— 1ming yillikka va undan keyin- gi davrlar (mil. 1-7-a.lar)ga mansub 4 mingga yaqin rasmlar bronza, temir va tosh b-n uribcho’kichlab sxematik, kontur, soya va naqshdor uslubda ishlangan. S.r.da yovvoyi hayvonlarni ov itlari yordami- da ovlash, hayvonlarning o’zaro urushi, chorvachilik, rake tushayotgan odamlar, liniy marosimlarning ijro etilishi b-n bog’liq manzaralar tasvirlangan. Xo- naki va yovvoyi hayvonlar, o’qyoy, xanjar, qilich, nayza kabi turli buyumlar, kiy- imlar (dubulg’a, uchli quloqchin, kalta cho- pon, oyoq kiyimi va b.) tasviri o’ziga xos tarzda yuksak maxrrat b-n nozik, hayotiy qilib ishlangan. Sr. ibtidoiy san’at- ning Nodir yodgorligi hamda shu hududda yashagan kad. xalqlarning hayoti, hayvonot dunyosi tarixini o’rganishda muhim arxe- ologik yodgorlik obidasi sifatida kim- matlidir.