Skleroz

Skleroz (Yun. sklerosis — qotish, qattiklashish) — a’zolar, tomirlar de- vori va to’qimalarning spesifik funk- tsional elementlari (bez hujayralari, muskul tolalari va b.) o’lib, o’rnini bi- riktiruvchi to’qima egallashi natijasi- da ularning qattiklashishi. Sklerotik o’zgarishlarning rivojlanishi shikast- langan a’zo funktsiyasining pasayishi- ga olib keladi. Yurak muskullari Si (kardioskleroz) yurakning qisqarishini kamaytiradi. O’pka to’qimalari Si (pnevmoskleroz) qonning kislorod b-n to’yinishi kamayishiga sabab bo’ladi. Arteriya tomirlari Si (ateroskleroz) tomirlarda qonning harakat qilishini, shuningdek, kislorod va oziq moddalar- ning a’zo va to’qimalarga etkazilishini qiyinlashtiradi. Ko’p hollarda turli yallig’lanish ja- rayonlari b-n kechadigan kasalliklar (sil, zaxm, surunkali yallig’lanish ja- rayoni va b.), shuningdek, turli xil saba- blarga ko’ra, moddalar almashinuvining buzilishi (to’qimalarda uzok, vaqt kis- lorod etishmasligi, endokrin a’zolar funktsiyasining buzilishi va b.). S.ga sa- bab bo’ladi. S. odam organizmining bar- cha to’qima va a’zolarida paydo bo’lishi mumkin. S.ning oldini olish uchun unga sabab bo’lgan kasalliklarni o’z vaqtida aniklash va davolash kerak.