Sklerodermiya

Sklerodermiya (sklero … va derma) — terining qotib qolishidan iborat kasallik. Kollagen kasalliklar guruhiga xos. S.ning cheklangan (O’chokli), diffuz (tarqalgan), sistemali turlari bor. O’choqli S. pilakcha shaklida, yo’l-yo’l va yuzaki bo’lishi mumkin. Pilakcha shak- lli S.da terining turli joyida qizg’ish, dumaloq yoki uzunchoq dog’lar yuzaga keladi. Keyinchalik ular qotib, teri sarg’imtir tusga kiradi va undagi tuklar to’kilib ketadi. Bu davrda bemor hech qanday og’riq sezmaydi. Bir necha oy yoki yildan so’ng terining qotgan joyi atrofiyala- nadi. Yo’l-yo’l S.da yuz va qo’loyoq terisi zararlanadi. Ko’proq bolalarda uchraydi. Yuzaki S. ayollarda ko’p kuzatiladi, bunda ko’krak, orqa va jinsiy a’zolar terisi- da mayda, qattiq, ko’kishoq dog’lar paydo bo’lib, keyin teri yuzaki atrofiyaga uch- raydi. Tarqalgan S.da yuz, qo’loyoq, tana va b. terisi shishib, qattiqlashadi, atrofi- yalanadi. Bemorning yuzi mumdek qotib turadi, barmoklari qarakatlanmaydi, Sistem al i S. (sistemali avj oluvchi skleroz)da organizmning barcha birikti- ruvchi to’qimalari va mayda tomirlarda sklerotik o’zgarishlar yuz beradi. S.ga teztez sovqotish, jismoniy, ruhiy shi- kastlanish va b. sabab bo’ladi. Organizm biriktiruvchi to’qimalari mikrosir- kulyasiyasi va funktsiyasiningo’zgarishi kasallikning avj olishiga imkon bera- Di. Kasallik sekinasta, qo’loyoq tomir- larining spazmi (tortishishi), umumiy harakatning cheklanishi, bo’g’imlarning og’rishi va terining zararlanishi b-n boshlanadi. Kasallik oraliq to’qima va ichki a’zolar tomirlariga o’tganda, o’pka, yurak va h.k. faoliyati buziladi. Davos i. Kortikosteroidlar, tomir kengaytiruvchi moddalar, fizioterapiya, shuningdek, sanatoriylarda davolanish buyuriladi. Ad.: Arifov S, Eshboev E., Teri va tanosil kasalliklari, T., 1996.