Sklerotiniozlar, sklerosiyali chirish

Sklerotiniozlar, sklerosiyali chirish — o’simliklarning zamburug’li kasalligi. Sclerotinia graminearum zamburug’i qo’zg’atadigan kungaboqar, sabzi, bodring, sarimsoq, karam (ayniqsa, saqlash davrida) oq chi- rishi, kuzgi g’alla ekinlari S.i. katta za- rar keltiradi. Zamburug’sporalari kuz- gi yosh nihollar barglariga tushib, barg og’izchalari orqali to’qimalariga kira- Di va sporalar hosil qiladi. Bahorda 1-6 mm kattaliqda qora qattiq yumaloq yostiqchalar — sklerosiylar paydo bo’ladi. S. roefsii zamburug’i qo’zg’atadigan janub S.i eryong’oq, tamaki, kartoshka va b.ni zararlaydi. G’o’zada kasallikni S. gossypii Jacr. zamburug’i qo’zg’atadi. Kasal- langan ko’sakdagi tolaning texnologik sifati buziladi. Kurash choralari: o’simliklarning yotib qolishiga yo’l qo’ymaslik, kech kuzda sug’ormaslik. Kuzgi ekinlar ekiladigan maydonlar chuqur shudgor qilinadi, be- gona o’tlar yo’qotiladi, urug’lik ekishdan oldin dorilanadi, pomidor va bodring ekilgan maydonlarda rovral, ronilan yoki sumileksni bo’r yoki ohak b-n aralash- tirib qo’llash (changitish, purkash) tav- siya etiladi.