Sezuvchanlik, sezgirlik, ta’sirchanlik
Sezuvchanlik, sezgirlik, ta’sirchanlik — tirik organizmning tashqi va ichki muhit ta’sirini qabul qilish xususiyati; tor ma’noda anali- zatorlarning qo’zg’atuvchilarga javob siga ega hayvonlarda ixtisoslashgan sezish hujayra (reseptor)lari turli qo’zg’atuvchilarga nisbatan yuqori dara- jada tanlash sezuvchanligiga ega. Mutlaq va differentsial S. farq qilinadi. Analizatorlar qo’zg’atuvchilarning mi- nimal darajadagi eng kuchsiz ta’siri (sezgining mutlaq chegarasi)ni sezish qobiliyati mutlaq S.ni ifodalaydi. Sezgining mutlaq chegarasi b-n Mutlaq S. birbiriga teskari proportsionaldir. Mas, bir stakan choydagi shirinlikni sezish uchun bir odam 1 qoshiq shakar so- lishi etarli bo’lsa, boshqasi 2-3 qoshiq solishi mumkin. Analizatorlarning qo’zg’atuvchilar orasidagi bilinarbi- linmas farqlar, o’zgarishlarni sezish qobiliyati differentsial S. deb ataladi. Sezishda qo’zg’atuvchining bilinarbilin- mas o’zgarish tug’diradigan mikdorining ozgina o’sishi sezgining differentsial chegarasi deyiladi. Differentsial S. ham differentsial chegara b-n teskari proportsionaldir. Sezgi chegaralari va S. qo’zg’alish hamda tormozlanish jarayonlari b-n bel- gilanadi. Nerv sistemasi qanchalik qo’zg’aluvchan bo’lsa, S. shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. Qo’zg’alish jarayoni miya po’stlog’ining biror qismida hosil bo’lib, boshqa qismlarga tarqaladi. Key- inchalik mashq qilib borish tufayli qo’zg’alish ma’lum nerv hujayralarida differentsiallanadi, farqlanadi. Qo’zg’atuvchining ta’siri o’zgarishi b-n S ham o’zgaradi; qo’zg’atuvchilar sust ta’sir etganda S. oshadi, kuchli ta’sir etganda S. kamayadi. S. analizatorlar- ning o’zaro ta’siri natijasida ham o’zgaradi. Shuningdek, S.dagi o’zgarish hayot sharoiti, inson faoliyati b-n uzviy bog’liq. Ayrim kasalliklar ta’sirida S. o’zgarishi (kamayishi yoki ortishi), izdan chiqishi yoki butunlay yo’qolishi mumkin.