Sahobalar
Sahobalar (Arab. — hamroh, do’st) — Muhammad (sav)ning safdosh- lari, yaqin yordamchilari. Keyinchalik Muhammad (sav)ni loaqal bir marotaba, garchi go’daklik chog’ida bo’lsa ham ko’rgan barcha kishilar S. deb atala boshlagan. S. Arabistondan tashqaridagi o’lkalarni fath etishga kirishgan ilk musulmon qo’shinining o’zagini tashkil etgan. S.ning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan, ular dast- labki xalifalarni saylashga ta’sir ko’rsatganlar, ularni noiblik va oliy da- rajadagi lashkarboshilik mansablariga tayinlashgan. S.ning Islom tarixidagi alohida ahamiyati shundaki, Muhammad (sav) vafot etganidan so’ng, uning ta’- limotini hammalari bir bo’lib sakla- dilar. S.ning Payg’ambar so’zlari va ishlari haqidagi hikoyalari (hadislar), shuningdek, shaxsiy o’rnagi va fikri Islom axloqiy ta’limoti — sunnaning eng muhim tarkibiy qismini tashkil etdi. S.ga bo’lgan hurmat, ehtirom key- inchalik ularning qabrlarini e’zozlash- ga va fazilatlari haqida asarlar paydo bo’lishiga olib keldi.