Seroterapiya
Seroterapiya (lot. serum — zar- dob va terapiya) — kasalliklarni nor- mal va immun zardoblar yordamida davo- lash usuli. S.da davo organizmda passiv immunitet hosil qilish — zardob tar- kibidagi antitelolar yordamida mikro- blar (toksinlar)ni zararsizlantirish- ga asoslanadi. Zardoblar hayvonlarni (ko’proq otlarni) immunlash yo’li b-n olinadi. Shuningdek, S.ga tozalaigan va kontsentrlangan geterogen (immunlan- gan hayvon zardobidan olingan) va go- mologik (immunlangan yoki kasallanib, sog’aygan odam zardobidan olingan) gam- maglobulinpardan ham foydalaniladi. Immun zardoblar difteriya, botulizm, shuningdek, ilon, ari, ba’zi xasharotlar chaqqanda, gammaglobulin gripp, kuydir- gi va b. yuqumli kasalliklarni davolash- da qullanadi. S. asoratlarining oldini olish uchun zardobni yuborishdan oldin (15-30 daqiqa, ba’zan 1-2 kun ilgari), uning ozrok, mikdori yuborib ko’riladi (yana q. Immunoterapiya).