ZIMNONSOY

ZIMNONSOY — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy, Serkalisoy (Teraklisoy)ning chap irmog’i. Chatqol tizmasining tarmog’i — Qoraqush tog’i (3864 metr) ning shimoliy g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushadigan 30 dan ziyod mayda irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boshlanishida yon bag’irlari tik va tor vodiyda tez oqadi. O’rta oqimida soy vodiysi bir oz kengayadi. Uzunligi 18 kilometr. Zimnonsoy, asosan, qor va qisman yomg’ir suvlaridan to’yinadi, suvi may — iyun oylarida ko’payadi, kam suvli davr dekabr — Fevralga to’g’ri keladi.