Silliqlash stanogi

Silliqlash stanogi – me- Tall, tosh va yog’och detal va buyumlarga jilvir qog’oz, jilvir toshlar (abraziv doiralar) b-n ishlov beradigan stanok. Ishlanadigan sirtga qarab, doiraviy, ichki va tashqi yuzalarni silliqlaydigan xillarga bo’linadi. Silliqlash doira- si mahkamlanadigan shpindel elektr dvigatel b-n bevosita yoki tasmali uzatma orqali, ishlanadigan buyumlar esa alohida elektr dvigatel yoki gi- drosilindr b-n aylantiriladi. Yo’nish chuqurligi mexanik yoki gidravlik yurit- ma b-n rostlab turiladi; abraziv doira qo’lda yoki avtomatik tarzda to’g’rilanadi, detallar mexanik yoki avtomatik tarzda qisiladi. Yog’och ishlashda jilvir qog’oz mahkamlanadigan ish organining turiga qarab, lentali, tsilindrik (barabanli), diskli, bobinali, cho’tkali va b. xil S.s. ishlatiladi. Tosh ga ishlov berishda S.s. bilan kichik o’lchamli qoplama marmar buyumlarni silliklash va jilolash; Yi- rik qoplama buyumlarga yalpi ishlov be- rish va b. ishlar bajariladi (bunda rel- sli izda harakatlanuvchi psimon Portal kranga aylanma abraziv asbob o’rnatilgan shpindel mahkamlab qo’yiladi).