Kuzgi ekinlar
Kuzgi ekinlar – kuzda ekilib, qishlaydigan va keyingi yili hosil be- radigan bir yillik ekinlar. K.e. ning 2 faol: ko’zgi (45-50 kun; ildiz tarmog’i va er ustki vegetativ organlari shaklla- nadi) va bahorgi — yozgi (75— 100 kun; generativ organlari rivojlanadi) vege- tasiya davri bo’ladi. K.e. bahorda ekil- ganda unib, bachki poyalari o’sib chiqadi, lekin meva tugmaydi (don bermaydi). K.e.ga boshoqli don o’simliklaridan bug’doy, javdar, arpa; butguldoshlardan ko’zgi raps, surepka va b.; dukkakdosh- lardan kuzgi vika va b. kiradi. Evropa va AQShda K.e.dan eng ko’p ekiladigani ko’zgi bug’doydir. Sug’orma dehqonchilik mintaqalarida K.e. birinchi yoki oralik ekinlar sifatida jadallashgan almash- lab ekish tizimlarida qo’llaniladi. 1:4:1:4 sxemali almashlab ekishda 1 – va 6-da-lalarda 1 yilda 2 marta don hosil olivadi, shunda 1-ekin K.e., 2-ekin sifa- tida makkajo’xori ekiladi. K.e. bahori ekinlarga qaraganda serhosil bo’ladi (q. Lalmikorlik).