KUBRATXON, Kuvrat,Kurt
KUBRATXON, Kuvrat,Kurt (584 642) — qad. bulg’orlar xoni (632-642). Turk xoqonligi parchalangach (7-a. 30-y. lari), Dulo urug’i vakili K. zudlik b-n Azov bo’yi dashtlaridagi tarqoq bulg’or qabilalarini birlashtira boshlagan. Shu tariqa tarixiy manbalarda bo’yuk Bulg’oriya nomi b-n mashhur bo’lgan yangi davlat birlashmasi vujudga kel- gan. Uning tarkibiga turkiyzabon bulg’orlargiva emas, balki Ug’ur (ugor) tilida so’zlashuvchi qad. major (Venger) qabilalari ham kirgan, lekin, etakchi davlat tili [hukmron Dulo urug’ining tili] — turkiy til bo’lgan, bu — bir- lashma negizida elatlar shakllana bosh- laganligidan guvoxlik beradi. K. vafo- ti b-n u tuzgan davlat ham parchalanib ketgan, ularga K. ning o’g’illari — Bat- boy (katta o’g’li) va Asparux boshchilik qilishgan. Ad.: Pletneva S. A., Kochevniki Sred- nevekovya, M, 1982.