Kuyov

Kuyov — qarindoshlik munosa- batlarini ifodalaydigan atama. 1) Qizning eri (qizning ota-onasiga nis- batan); 2) uylanayotgan yoki uylangan yigit o’z qaylig’iga, uning ota-onasi, qarindoshlari, hatto mahalladoshlariga ham K. hisoblanadi. Uni kattalar K., kichiklar pochcha deb ataydilar. Yigit unashtirilgandan boshlab K. nomini oladi. Kelin tomon K.ni juda katta iz- zat, ehtirom b-n hurmat qiladi. Matri- arxatdan patriarxatga o’tilishi natija- sida o’zining oilaviy, urug’xo’jaligi b-n mustahkam bog’langan yigit qizni o’z oilasiga olib kiradi. K. likning kelib chiqishi ekzogam nikoh hamda nikohdan so’ng qizning yigit uyiga kelib yasha- shi b-n paydo bo’lgan. O’zbeklarda erga chiqqan qiz, asosan, K.nikiga kelib yashaydi, ammo uylangandan so’ng qaynota- qaynonaning uyida yashab qoluvchi K. (ich- kuyov) ham bo’ladi (yana q. Ichkuyov).