Krablar, kaltadum qisqichbaqalar

Krablar, kaltadum qisqichbaqalar (Brachyura) — o’n oyoqli qisqichbaqasimonlar turkumiga mansub kenja turkum. Boshi kichkiva, ko’zi mu- rakkab, antenna va antennulalari kalta. Boshko’kragi keng. Ko’krak qalqonining kengligi 2-20 sm, ba’zan 60 sm gacha (yapon K.i). Oldingi juft oyoqlari qisqichli. Qorni kalta, boshko’krak qismi ostiga egilgan. Erkagining 2 juft qorin oyoqlari kopulyativ organga aylangan. Urg’ochisi 4 juft oyoqlarida tuxumlarini olib yuradi. Chuchuk suv- larda, den-gizlarda, bir qancha turlari quruqli kda yashaydi. 4500 turi mavjud. Mayda sut emizuvchilar va umurtqasiz hayvonlar b-n oziqlanadi. Metamorfoz orqali rivojlanadi: tuxumidan zosa deb ataladigan lichinka chiqadi, lichinka me- tazosa va megalopa davrlarini o’tib vo- yaga etgan K.ga aylanadi. Bir qancha turla- ri, jumladan, Kamchatka Krabi ovlanadi.