Kosmik kema
Kosmik kema — kishilar- ning kosmosga parvoz qilishi uchun mo’ljallangan apparat. 1961 y. 12 apr. da er sun’iy yo’ldoshlari orbitasiga chiqarilgan «Vostok» kemasi birinchi K. k.dir. Uning ichida kosmonavt-uchuvchi Yu. A. Gagarin bo’lgan. Bundan tashqari, «Vosxod», «Soyuz», «Merkuriy», «Je- mini», «Apollon», «Chellenjer» va boshqa K. k.lar uchirilgan. Geosentrik orbita bo’yicha uchadigan K. k. Yo’ddosh kema, odam va yuklarni orbital stantsiya- ga eltib beradigan K. k. transport kema, Sayyora yoki tabiiy yo’ldoshlarga eltuv- chi K. k. qo’ndiruvchi, Sayyora yoki uning yo’ldoshidan uchadiganiga uchib chiqish ke- masi deyiladi. K. k.ning asosiy tizim- lari: xayotni ta’minlash, meteoritlar, radiasiya va b.dan qimoya qilish, dviga- tel qurilmasi (uchish traektoriyasiga tuzatish kiritish, orientirlash va uchish- ni barqarorlash uchun raketa yoqilg’isi b-n), kosmik st-yalarni izlash, ularga K. k.ni yaqinlashtirish va tutashtirish, eki- pajni K. k.dan kosmik st-yaga o’tishini ta’minlash, Quyosh batareyasidan foyda- lanish, erga qo’ndiriladigan boshqarish tizimi va b. K. k.ning bir va ko’p marta foydalaniladigan xillari bor. Bir marta foy-dalaniladigan K. k.da tushi- ruvchi apparatning sirti issiqsan izo- lyasiyalaydigan qoplama b-n qoplanadi, ko’p marta foydalaniladigan K. k.da erga qaytib tushayotganda atmosferada tormoz berish ishi murakkab bo’lgani uchun uning barcha bo’lmalari issiqliqdan himoya qilinadigan qoplamalar b-n qoplanadi.