Konfutsiy, kun Futszi, kun-szu, Kun Syu, kun Chjunni

Konfutsiy, kun Futszi, kun-szu, Kun Syu, kun Chjunni (mil. AV. taxm. 552 — Syuyfu sh., Xitoyning Shandun VI- loyati — 479) — qad. Xitoy faylasufi, Konfutsiychilik asoschisi, siyosiy arbob. Kambag’allashib qolgan aristokrat va harbiylar oilasida tug’ilgan. 22 yoshida ta’lim berish b-n shug’ullanib, Xitoy- ning eng mashhur o’qituvchisi sifatida Shuhrat qozongan. K. o’zi ochgan maktabi- da 4 ta fan: axloq, til, siyosat va adabiyot o’qitilgan. 50 yoshida K. siyosiy faoliyati- ni boshlab, Lu davlatida yuqori amaldor bo’lib xizmat qiladi. Fitnalar natija- sida xizmatidan ketadi, 13 y. mobayni- da Xitoyning turli o’lkalariga boradi, biroq u joylarda o’z g’oyalarini qo’llay olmagach, mil. AV. 484 y. Luga qaytib ke- ladi. Ta’lim berishdan tashqari qad. Xitoyning 5 ta mumtoz asari — «Shus- zin», «Shiszin», «Itszin», «Yueszin» va «Liszi»ni to’plash, tahrir qilish, tarqatish b-n shug’ullanadi. K. ta’li- Moti uning «Lun Yuy» («suhbatlar va mulohazalar») kitobida bayon etilgan. Bu kitob aslida K.ning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va iz- doshlari tomonidan yaratilgan. K. o’zi uchun, avlodlari, yaqin shogirdlari uchun alohida ajratilgan kabristonga dafn etilgan; uning uyi K. ibodatxonasiga aylantirilgan, bu joy ziyoratgoh bo’lib qolgan (q. Konfutsiy yodgorlik majmui).