Kontakt

Kontakt (lot. contactus — bir- biriga tegib turish) — 1) o’zaro ta’sir, aloqa; ishdagi hamjihatlik, bir-birini tushunish; 2) tutashish, tegishish sir- ti, joyi, zonasi; 3) elektrotexnikada — elektr zanjiri qismlarining bir- biriga tegishi, klemmalarning tutashi- shi; ikki simning tutashishi natijasida bir simdan ikkinchisiga tok o’tadi; 4) transportda — tramvay yoki trolleybus- da yuqori voltli simdan tok o’tkazuvchi tarmoq (K. tarmog’i); 5) metropolitenda — elektr vagonning tok qabul qiluvchi qurilmasiga sirpanma tutashuv tarzida tok uzatish uchun asosiy t.y. relsi yoni- dan o’tkaziladigan qattiq sim (K. simi); 6) q. payvand (q. Payvandlash); 7) g e o l o gik K. — Er po’stida yonma-yon joylash- gan (chegaradosh) bo’laklardagi turli tog’ jinslarining tutashish yuzasi. Normal, intruziv (magmatik), tekto- nik K. farq qilinadi. Normal yoki stra- tigrafik K.da cho’kindi yoki effuziv tog’ jinsi qad. tog’jinsini yorib chiqib unda turli K. o’zgarishlarini hosil qiladi; intruziv K.da yosh intruziv tog’jinsi qadimgisini yorib o’tadi; tektonik K.da tarkibi, hosil bo’lishi va yoshi turli- cha bo’lgan tog’jinslari tektonik yoriq orqali bir-biri b-n tutashadi. K.ni o’rganish tog’jinslarini bir-biridan ajratish va ular yoshini nisbatan aniqlashga yordam beradi.