KONTAKT-METAMORFIK KONLAR

KONTAKT-METAMORFIK KONLAR — intruziv jinslarning turli tarkibdagi jinslar b-n yuqori t-ra ta’- sirida kontakt zonasida yuzaga kelgan foydali qazilma yotqiziqlari. Bunda jins ichiga yorib kirgan magmadan atrof- ni o’rab turgan jinslarga yangi modda- lar o’tmaydi. Jarayonning jadalligi va mineral hosil bo’lish xususiyatlari, jumladan, rudaning vujudga kelishi jinslarning dastlabki tarkibiga, kon- takt joyidan uzoq yoki yaqinligiga, ja- rayonning chuqurligi, o’lchamlari, shak- llari va intruziv jinslar kontakti xarakteriga, uchuvchan moddalar va erit- malarning qatnashuviga bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitlarda hosil bo’lgan mi- nerallar qatoriga diopsid, aktino- lit, grossulyar, shpinel, vollastonit, piroksen va b., nodirlariga — Monti- chellit, sperrit, mervinit va b. kiradi. O’zbekistonda Qo’ytoshdagi vollastonit (CaSiO3) konidan olinadigan volla- stonit kontsentrati sanoatda va umuman xalq xo’jaligining turli sohalarida keng miqyosda qo’llaniladi.