10 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT Bosh Assambleyasining birinchi majlisi ochilishi (1946).

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Burgutlarni himoya qilish kuni.
?? Bagam orollari – Ko‘pchilik prinsipi kuni.
?? Benin – Vudu kuni.
?? Folklend orollari – Margaret Tetcher kuni.
?? Qozog‘iston – Milliy gvardiya kuni.
?? Rossiya – HDF muhandis mexaniklari kuni.
?? Tojikiston – Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash organlari xodimlari kuni.
?? Xitoy – Politsiya kuni.
?? Yaponiya – 110 raqami bayrami kuni.

? VOQEALAR:

  • 49 – Yuliy Sezar qoʻshini bilan Rubikon daryosidan oʻtdi.
  • 1072 – Robert Gviskar arablardan Palermoni qaytarib oldi.
  • 1430 – Oltin moʻyna ordeni taʼsis etildi.
  • 1475 – Vasluye jangida Moldova hukmdori Buyuk Shtefan Usmonli qo’shini ustidan g’alaba qozondi.
  • 1514 – Ispaniyada Komplyuten Poliglotti – birinchi ko‘p tilli nashr chop etildi.
  • 1792 – Usmoniy Imperatorligi bilan Rossiya o’rtasida 5 yillik urushdan so’ng, tinchlik shartnomasi imzolandi.
  • 1863 – Londonda dunyoda birinchi metropoliten ishga tushdi.
  • 1878 – Rus va bolgar qo‘shinlari Shipkada turk qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonishdi.
  • 1898 – Ispaniya-AQSh urushidan so’ng, Kuba Ispaniyadan ajralib mustaqillik e’lon qildi.
  • 1920 – Millatlar Ligasining birinchi majlisida Versal shartnomasi ratifikatsiya qilindi.
  • 1927 – Berlindagi UFA-Palast-am ZOO kinoteatrida rejissyor Fris Langaning “Metropolis” nomli ovozsiz film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
  • 1929 – Tentenning sarguzashtlari haqida komiksning birinchi seriyasi nashr etildi.
  • 1946 – BMT Bosh Assambleyasining birinchi majlisi.
  • 1966 – Hindiston va Pokiston o‘rtasida Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
  • 1978 – O‘zbekistonlik kosmonavt-uchuvchi Vladimir Jonibekov kosmosga birinchi marta parvoz qildi.
  • 1989 – Kuba qo’shinlarining Angoladan olib chiqilishining boshlanishi.
  • 1992 – Ichki Qo‘shinlar tashkil topdi.
  • 1983 – Argentinada harbiy rejim bartaraf etildi.
  • 2001 – Soliq akademiyasi, Soliq va bojxona organlari akademiyasi sifatida tashkil etildi.
  • 2014 – 10-12-yanvar kunlari Gonkongda o’tkazilgan xalqaro Kubokda Vladimir To‘ychiyev sovrindor bo‘ldi.
  • 2022 – Qozog‘istonda motam kuni.
  • 2023 – Microsoft Windows 7 ni texnik qo’llab-quvvatlashni to’xtatadi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1283 – Oshin (Oshin Xetumyan; 1320) – Kilikiya arman davlati podshosi (1308-1320).
  • 1716 – Leje-Mari Deshan (1774) – fransuz materialist faylasufi va utopik sotsialisti.
  • 1827 – Jorj Uilyam Koks (1902) – ingliz tarixchisi, qiyosiy mifologiya bo’yicha mutaxassis.
  • 1883 – Aleksey Tolstoy (1954) – rus sovet yozuvchisi.
  • 1894 – Vasiliy Shishkin (1966) – arxeolog va sharqshunos.
  • 1905 – Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1968) – yozuvchi, shoir, tarjimon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
  • 1924 – Shoniyozov Karim (2000) – etnograf olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1975), professor (1990).
  • 1934 – Leonid Kravchuk – Ukrainaning birinchi prezidenti (1991-1994).
  • 1936 – Robert Vudro Vilson – amerikalik astronom va fizik, Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1940 – Shirin Azizova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1988). 
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1942 – Rixsivoy Avazov (2013) – Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori.
  • 1943 – Habiba Oxunova(1994) – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1951 – Saidjonov Oʻlmas (2016) – Oʻzbekiston xalq hofizi (1993).
  • 1957 – Alisher Fayzullayev – oʻzbek diplomati, siyosatshunos, psixolog va yozuvchi.
  • 1973 – Feliks Trinidad – Puerto-Rikolik professional bokschi, sobiq jahon chempioni.
  • 1974 – Ritik Roshan – hind aktyori
  • 1985 – Chaker Zouagi – Tunislik futbolchi, ampluasi yarimhimoyachi. Tunis milliy terma jamoasi aʼzosi.
  • 1987 – Sezar Syelo – braziliyalik suzuvchi, Olimpiya chempioni (2008), ko’p karra jahon chempioni.
  • 1991 – Gonsalo Peres de Vargas – ispaniyalik gandbolchi, darvozabon, ikki karra Yevropa chempioni.
  • 1994 – Feyt Kipyegon – keniyalik yuguruvchi, 1500 m masofada ikki karra Olimpiya chempioni (2016 va 2020).