ZOOSENOZ

ZOOSENOZ (Zoo… va Yunoncha koinos — umumiy) — biosenoz tarkibiga kiradigan hayvonlar jamoasi. Odatda, Zoosenoz tushunchasi yer yuzining bir xil ekologik sharoitga ega bo’lgan qismida hayot kechiradigan hayvonlar majmuasiga nisbatan qo’llaniladi. Zoosenoz tarkibi muayyan sharoitda o’zaro bog’langan hayvonlarning har xil turlaridan iborat. Zoosenoz biosenoz tarkibiga mansub boshqa turlar (yashil o’simliklar, mikroorganizmlar va boshqalar) va anorganik muhit bilan bog’liq. Zoosenoz biosenozga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun biosenozni tadqiq qilishda Zoosenoz dalillaridan foydalaniladi.